CHILPISH

CHILPISH, chekanka, dekapitatsiya — oʻsimlikni boʻyiga oʻsishdan toʻxtatish, hosil toʻplash va yetilishini tezlatish maqsadida oʻsish nuqtasi yoki hosil novdaning uchki qismini olib tashlash; qoʻshimcha agrotexnika tadbirlaridan biri. Chilpish shakllanayotgan hosilga oziq moddalarning yetib kelishini kuchaytiradi, ularning rivojlanishiga qulay sharoit yaratadi. Asosan, gʻoʻza, tok, mevali daraxtlar, tamaki, kanakunjut, pomidor va b. chilpiladi. Gʻoʻzani Chilpishda uning poyasi va yon shoxlari uchi olib tashlanadi. Agrotexnik nuqtayi nazardan yorugʻlik va issiqlik rejimini yaxshilaydi, koʻsaklarning ortiqcha toʻkilib ketmasligiga, tupning yotib qolmasligiga yordam beradi, hosildorlikni 1—4% ga oshiradi. Tolaning yetilishini va chanoqning ochilishini tezlashtiradi. Odatda, Chilpish gʻoʻza yalpi koʻsaklay boshlagan paytda — oʻrta tolali gʻoʻzada 14 — 16, ingichka tolali gʻoʻzada 20—22 hosil shoxi shakllanganda — iyulning oʻrtalari — avg. ning birinchi oʻn kunligida oʻtkaziladi. Asosiy poya uchi 4—6 sm, yon shoxlar uchi 2—3 sm uzunlikda chilpib tashlanadi. Gʻoʻzani Chilpish qoʻlda yoki maxsus Chilpish moslamalari, mashinalarda oʻtkaziladi. Tokni Chilpish novdalarining pishishini tezlashtiradi, ularda oziq moddalarning toʻplanishiga yordam beradi, qishga chidamliligini oshiradi, yetarli yoruglik, havo, issiqlik taʼsirida gʻujumlari yirik, rangdor va shirali boʻladi. Chilpish sugʻoriladigan hosilli tokzorlarda yaxshi samara beradi. Toklar, birinchi marta shoʻra xomtokda (1—2 sm), asosan, ikkinchi marta avg. ning 2oʻn kunligida novdalarning oʻsish davri sekinlashganda chilpiladi, bunda novdalar uchining 1/3 — 1/4 qismi olib tashlanadi. Sabzavotch i l i kda bodring va pomidor (issiqxonalarda avg. da ekilgan pomidor 7 — 9 shoxi ustidan)ni Chilpish gʻovlashga yoʻl qoʻymay, hosil shox (palak) larini koʻpaytiradi. Baklajon, bryussel karami, urugʻlikka ekilgan lavlagi ham chilpiladi.


Lotin alifbosida maqola: CHILPISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



GʻOʻZA
INGICHKA TOLALI GʻOʻZA
YER
XITOY
FIZIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты