CHORBOGʻ

CHORBOGʻ — sharq mamlakatlarida atrofi devor bilan oʻrab olingan koʻshk, ayvon, qoʻrgʻonli tartib asosida tuzilgan bogʻ. Ch. uchun tekis, suvli, daraxtli joy tanlanadi; notekis (nishabli) joylar pogʻonapogʻona sahnlarga keltiriladi, sunʼiy sharsharalar qilish imkoniyatlari yaratiladi. Chorbogʻ murabba yoki toʻrtburchak tarhli boʻlib, kirish har 4 tarafning oʻrtalaridan tashkil etiladi; hududi yoʻlka va ariklar yordamida ayrim bogʻchalarga, bogʻchalar esa yana oʻz navbatida chamanzorlarga boʻlinib, chorchamanlarni tashkil qiladi. Chorbogʻ mujassamotining markazini bino (qoʻrgʻon, koʻshk) egallaydi. Baland boʻyli daraxtlar devorga yaqin ekiladi, undan soʻng mevali daraxtlar va gullar tartib bilan ekiladi, ularning erta bahordan kech kuzgacha ochilib turishiga eʼtibor beriladi. Bino mujassamoti Chorbogʻni turli nuqtalardan koʻrish imkonini beradigan tarzda, 1 — 2 qavatli, markaziy mujassamotli qilib quriladi: oʻrtada atrofini ayvonlar oʻrab olgan chordara xona boʻlib, 2 qavatga bino burjlaridagi zinalar orqali chiqiladi. Suv inshootlaridan katta ariklar va hovuzga suv keladi, hovuz shakllari hamda favvoraga aloxida eʼtibor beriladi. Chorbogʻda, shuningdek, oʻtov, chodir kabilarni oʻrnatish uchun joylar ajratiladi. Chorbogʻ dagi qushlar (mac, tustovuq, tovus va b.) unga oʻzgacha koʻrk bagʻishlaydi (Yana q. Bogʻ tuzit sanʼati).

Chorbogʻ qadimdan yaratilib kelingan, temuriylar va boburiylar davrida ravnaq topgan (q. Amir Temur bogʻlari), moxir bogʻyeoz ustalar yetishib chiqqan. Jumladan, 16-a. da yashagan hirotlik Mirak Sayid Gʻiyos bogʻ rejasini tuzish, yer osti inshootlarini loyihalashga moxir boʻlgan, uning Buxoroda ham Ubaydullaxon uchun bogʻ barpo qilgani manbalardan maʼlum. 13-a. oxiriga oid risolada, 16-a. da qayta koʻchirshtgan «Irshod uzziroat fi ilmilhirosat» risolasida Chorbogʻ yaratish hakida qimmatli maʼlumotlar bayon qilingan, hatto risolaning bir bobi «Koʻchat, gul, daraxt, muattar oʻtlar oʻtkazish, Chorbogʻga tartib berish va uni barpo qilishda izchillikka rioya qilish» deb ataladi. Risolada Chorbogʻning eng maqbul turi keltiriladi hamda turli tavsiyalar bilan birga mujassamotda simmetriya, ritm, rang kabi masalalarga aloxida ahamiyat berilib, mevali daraxtlarga keng oʻrin ajratiladi.

Chorbogʻ 19-a. ning 2yarmi 20-a. ning boshlarida ham bunyod etilgan (Buxorodagi Sitorai Mohi Xosa, Qoʻqon xonining Oyim qishlogʻidagi, Xivadagi Nurullaboy Chorbogʻ lari va b.).

Xayrulla Poʻlatov.


Lotin alifbosida maqola: CHORBOGʻ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
BOGʻ TUZISH SANʼATI
XALQ IJODI
XITOY
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты