CHORVACHILIK INSTITUTI

CHORVACHILIK INSTITUTI, Uzbekiston chorvachilik ilmiy tadqiqot instituti — ilmiy muassasa. Uzbekiston Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ilmiyi. ch. markazi tarkibida. Toshkent viloyati Qibray tumanidagi Qizil Shalola posyolkasida joylashgan. 1939-y. 29 noyab. da Oʻrta Osiyo chorvachilik hamda otchilik styalari negizida tashkil etilgan. Intda 23 boʻlim (sutdor qoramollar seleksiyasi va ularni koʻpaytirish hamda sut i. ch. texnologiyasi; goʻshtdor qoramollar seleksiyasi va ularni koʻpaytirish hamda i. ch. texnologiyasi; qoʻychilik va echkichilik; choʻchqachilik va choʻchqa goʻshti ishlab chiqarish; parrandachilik, parrandalar seleksiyasi va genetikasi; otchilik; qishloq xoʻjaligi hayvonlarini oziqdantirish va b.), maxsus tadqiqotlar olib boruvchi guruxlar bor. Int tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali, Toshkent viloyatida «Qizil Shalola» tajriba xoʻjaligi, A. Usanov nomidagi shirkatlar uyushmasi (goʻshtdor qoramolchilik va santagertruda zotli qoramollarni koʻpaytirish boʻyicha); «Erkin» shirkatlar uyushmasi (makkajoʻxori seleksiyasi va urugʻchiligi boʻyicha); Surxondaryo tayanch punkti (goʻsht yoʻnalishidagi qoramollarni urchitish boʻyicha); Samarqand lab. (qoraola zotli qoramollarni koʻpaytirish boʻyicha); fermentlar ishlab chiqaruvchi lab., Parrandachilik seleksiyagenetika styasi; Chatqol asalarichilik tajriba xoʻjaligi; bushuyev zotli qoramollarni tarqatish korxonasi; chorva va parranda zotlari, ozuqabop ekinlar, chorvachilikni mexanizatsiyalash boʻyicha koʻrgazma pavilyoni; chorvadorlar ilgʻor tajriba va mexanizatorlar malakasini oshirish maktabi faoliyat koʻrsatadi. Int faoliyatining asosiy yoʻnalishlari: chorva mollari va parrandalarning mavjud zotlarini takomillashtirish va yangi zotlarini yaratish; ozuqabop ekinlarning serhosil navlari va duragaylarini yaratish; chorvachilik va yemxashak yetishtirishning jadal texnologiyalarini ishlab chiqish; chorva mollari va parrandalarni ilmiy asoslarda boqish, ularning mahsuldorligini oshirishning biologik asoslarini oʻrganish va 6.

Int tashkil etilgandan beri sutdor bushuyev zotli qoramol, jundor va tivit beradigan Oʻzbekiston echki zotlari, qoraola va qizil choʻl zotli qoramollarning 4 tizimi, goʻsht yoʻnalishidagi qoramol zotlarining nasldor podasi, qoʻylarning 9 tizimi, tovuqlarning mahsuddor 2 ta guruhi, ozuqabop ekinlarning 16 navi va duragaylari yaratildi. Oʻtgan davr ichida intda 1 akad., 20 dan ortiq fan dri va 300 dan ortiq fan nomzodlari yetishib chikdi.

Intda ilmiy kutubxona, aspirantura, ixtisoslashgan ilmiy kengashlar mavjud. Ilmiy asarlar, monografiyalar, tavsiyanomalar nashr etiladi.

Murodilla Ashirov.


Lotin alifbosida maqola: CHORVACHILIK INSTITUTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ? degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT VILOYATI
TOSHKENT
QORAQALPOGʻISTON
CHORVACHILIK
ANDIJON VILOYATI


Добавить комментарий