CHORVOQ

CHORVOQ (Chorbogʻ) — Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi shaharcha. Toshkent sh. dan 70 km. Ugom tizmasining yon bagʻrida, Ugom daryosining Chirchiq daryosiga quyilish joyidagi oʻng sohilida, Toshkent — Xoʻjakent t. y. da joylashgan. Yaqin t. y. stansiyasi — Xoʻjakent (3 km). Oʻrtacha 892 m balandlikda. 1964-y. Chorvoq suv ombori va Chorvoq GES qurilishi munosabati bilan bunyod etilgan. Axrlisi 5,5 ming kishi (2004).

Chorvoqda, asosan, quruvchilar va energetiklar, shuningdek, yoʻlsozlar, haydovchilar, korxonalar ishchi va xizmatchilar ham yashaydi.

Shaharcha nomi («Chorbogʻ») toʻrtta bogʻ maʼnosini bildiradi. Chorvoqda Chorvoq GES qurilish boshqarmasi, Oʻrta Chirchiq GESlar kaskadi, Boʻstonliq tumani avtomobil yoʻllari boshqarmasi, avtotransport i. ch. korxonasi kabi yirik korxona va tashkilotlar faoliyat koʻrsatadi. «Shams» firmasi («Xumson» mineral suvi qadoklanadi) bor. 3 umumiy taʼlim maktabi, madaniyat uyi, 2 bolalar, 1 shahar kutubxonasi, markaziy kasalxona mavjud. Chorvoq yon atrofida bolalar oromgoxlari, dam olish uylari, sanatoriylar ishlab turibdi. Suv ombori sohillarida «Chorbogʻ» oromgohi, Bekobod, Olmaliq va Navoiy konmetallurgiya ktlarining dam olish maskanlari barpo etilgan. Chorvoqga Toshkent — Chorvoq yoʻnalishida avtobuslar, Toshkent — Xoʻjakent elektr poyezdi qatnaydi.



TOSHKENT
TOSHKENT VILOYATI
ROSSIYA
YAPONIYA
XITOY


Добавить комментарий