CHORVOQ GES

CHORVOQ GES — Chirchiq daryosida, Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Xoʻjakent qishlogʻi yaqinida joylashgan. Oʻrta Chirchiq GESlar kaskadi tarkibiga kiradi. GESda umumiy quvvati 620,5 MVt boʻlgan 4 gidroagregat oʻrnatilgan. GES qurilishi 1963-y. da boshlangan. 1970-y. 1 dek. da quvvati 150 MVt boʻlgan radial turbinali 1gidroagregat, 1972-y. da oxirgi — 4gidroagregati ishga tushirilgan. GESdan 220 kV li uzatish liniyalari orqali sanoat korxonalari elektr quvvati bilan taʼminlanadi. Oʻrta Osiyo «Energiya» birlashgan energetika tizimiga ulangan. 2003-y. da 2470,1 mln. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.


Lotin alifbosida maqola: CHORVOQ GES haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TOSHKENT VILOYATI
ENERGETIKA
QUYI BOʻZSUV GESLARI KASKADI
ISSIQLIK ENERGETIKASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты