CHORVOQ SUV OMBORI

CHORVOQ SUV OMBORI — Chirchiq daryosining boshlanish qismida qurilgan (1963—70) gidrotexnika inshooti. Q. x. ni bir meʼyorda suv bilan taʼminlash, toshqinlarning oldini olish va gidrotexnika maqsadlarida barpo etilgan. Daryo suvini mavsumiy tartibga soladi. Suv ombori Chatqol va Ugom toglari orasiga qurilgan. Tosh tuproqli toʻgʻoni uz. 768 m, balandligi 168 m, yuqori qismining eni 12 m. Toʻgʻonda Chorvoq GESni suv bilan taʼminlash uchun uz. 800 m va diametri 11 m boʻlgan 2 ta tunnel bor. Ch. s. o. ning toʻla sigʻimi 2006 mln. m3, shundan foydali suv hajmi 1580 mln. m3, suv yuzasi sathi 40,1 km2, eni ayrim joylarda 10 km, uz. 19 km, maksimal chuq. 131 m, oʻrtacha chuq. 55 m. Suv omboriga Piskom, Koʻksuv, Chatqol daryolari quyiladi.

Suv oqimi koʻpayib, xatarli darajaga yetganda suvni chiqarib yuboradigan shaxtali (1200 m3/sek) va 2 ta pogʻonali (450 m3/sek va 500 mʻ/sek) suv tashlagichlar bilan jihozlangan.

Chorvoq suv ombori Chirchiq—Boʻzsuv suvenergetika traktinn bir meʼyorda suv bilan taʼminlaydi. Uning barpo etilishi bilan suv kam boʻlgan yillari Toshkent vohasidagi va Qozogʻiston Respublikasi Jan. Qozogʻiston viloyatidagi 355 ming ga dan ortiq yerni barqaror suv bilan taʼminlash (shundan yangi oʻzlashtirilgan yerlar 150 ming ga), Chirchiq daryosining yuqori oqimida roʻy beradigan suv toshqinlariga barham berish imkoniyatlari yaratildi.

2000yil boshlaridan Chorvoq suv ombori sohillarida xalqaro andozalarga moye boʻlgan yirik dam olish majmualari barpo etildi.


Lotin alifbosida maqola: CHORVOQ SUV OMBORI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT VILOYATI
SIRDARYO
TOSHKENT
AMUDARYO
DARYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты