CHORDARA SUV OMBORI

CHORDARA SUV OMBORI — Sirdaryoning oʻrta oqimida sugʻorishenergetika maqsadlarida barpo etilgan gidrotexnika inshooti. Qozogʻiston Respublikasi Jan. Qozogʻiston viloyati va Oʻzbekiston Respublikasining Jizzax viloyati hududlarida joylashgan. 1965-y. da qurib bitkazilgan, 1965 — 68 y. larda suv bilan toʻldirilgan. Toʻliq sigʻimi 5,7 mlrd. m3, foydali sigʻimi 4,7 mlrd. m3. Uz. 80 km, oʻrtacha eni 15 km, oʻrtacha chuq. 6,3 m, maksimal chukurligi (toʻgʻoni yonida) 22 m; suv sathi yuzasi 900 km2. Tarkibida 4 tuprokli tugon, suv taqsimlagich (suv tashlagich), GES (quvvati 1000 MVt) bor. Ch. s. o. Chordara shaxri yaqinida Jovsumkum qiridagi Chordara va Arnasoy botigʻi (q. Arnasoy koʻllari) boshlanishida barpo etilgan. Chordara suv omborining oʻng qirgʻogʻi tik, chap qirgʻogʻi qiyalik. Suv omborining gʻarbiy qismida, toʻgʻondan yuqorida Arnasoy botigʻiga suv tashlamasi boʻlgan ikkinchi toʻgʻon qurilgan. Asosiy toʻgʻonga yaqin joydan Qozogʻiston (Sirdaryoning chap sohilidagi yerlar)ga suv beradigan Qizilqum magistral kanali boshlanadi. Okt. dan martgacha toʻldiriladi, apr. dan sent. gacha suv olinadi. Qayroqqum suv ombori bilan birgaliqsa Mirzachoʻldagi yangi yerlarni sugorish va Qozogʻistondagi sugʻoriladigan yerlarni suv bilan yanada yaxshiroq taʼminlashga xizmat qiladi. Baliqchilik xoʻjaliklari bor.



TOSHKENT
SIRDARYO
JIZZAX VILOYATI
QOZOGʻISTON
OSIYO


Добавить комментарий