CHORYORLAR

CHORYORLAR (fors—toʻrt doʻst) — Muhammad (sav) vafotidan keyin arab xalifaligida hokimiyat tepasida turgan dastlabki 4 xalifa (Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali). Ularni Choryorlar deb atash Eron, Afgʻoniston va Oʻrta Osiyodagi oddiy dindorlar orasida rayem boʻlgan. Choryorlar arab tilidagi diniy manbalarda «xulafo arroshidin» («toʻgʻri yoʻldan borgan xalifalar») nomi bilan tilga olinadi. Choryorlar xalifalikni boshqarish va kengaytirish, qoʻshni yerlarni fath etib islom bayrogʻi ostida birlashtirishga rahnamolik qilgan xukmdorlardir. Islomda Choryorlar «paygʻambar noiblari» hisoblanadilar. Islom anʼanasida Choryorlar hukmronlik davri islomning oltin asri deb yuritiladi. Bu davr 30 i. davom etgan.


Lotin alifbosida maqola: CHORYORLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ISLOM
ERON
QURʼON
TOSHKENT
AFGʻONISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты