CHORIYEV Roʻzi Choriyevich

CHORIYEV Roʻzi Choriyevich (1931.28.8, Sherobod tumani Poshxurd qishlogʻi — 2004.18.9, Toshkent) — rangtasvir ustasi. Oʻzbekiston BA faxriy akad. (1997). Oʻzbekiston xalqrassomi (1987). Benkov nomidagi respublika rassomlik bilim yurti (1959) va Repin nomidagi Leningrad rassomlik, haykaltaroshlik va meʼmorlik inti (1965) ni tugatgan. 1966—73 y. lar Toshkent pedagogika intida dare bergan. 1990-y. dan Respublika bolalar ijodiyoti markazida badiiy rahbar. Choriyev asarlarida oʻlka manzaralari, oʻtmishi va bugungi kuni, kishilarini yorqin boʻyoklarda katta mahorat bilan aks ettirgan. Choriyev ijodi rangtasvirga milliy ruh, urfodatlar, zamondoshlar, mashhur namoyandalar obrazlari turkumini olib kirishi, qishloqlarda tasviriy sanʼat galereyalarini tashkil qilishi bilan alohida ahamiyatga ega. Portretlar («Zamondoshim», «Doʻstim portreti», «Kelin. Shohi soʻzana», «Firʼavn. Erkak portreti», «Boysunlik qariya», «Poshxurdlik qiz Barno», «Sayroblik chol», «Qish. Avtoportret»), maishiy va tarixiy («Suhbat», «Xumson oqshomi», «Oltintopgan koni», «Nay. Choʻpon bola», «Boysun», «Bahor. Sherobod manzarasi», «Bogʻlar» va b.) va sh. k. mavzulardagi asarlari mashxur. Ch. Oʻzbekiston tasviriy sanʼatini targʻib qilishda fidoyilik koʻrsatgan: uning tashabbusi va bevosita ishtirokida Respublika bolalar ijodiyoti markazi, viloyatlar (Surxondaryo va b.)da tasviriy sanʼat muzeylari tashkil qilingan, yosh rassomlarga gʻamxoʻrlik koʻrsatgan. 1969-y. dan Xalqaro koʻrgazmalarda qatnashib kelgan. Yevropa (Italiya, Shvetsiya, Gretsiya va b.), Osiyo, Afrika mamlakatlarida ijodiy safarda boʻlib, taassurotlari asosida qator asarlar yaratgan. Choriyev haqida «Koʻngil kamalagi yoki Roʻzi Choriyevni eslab…» filmi yaratilgan (2004). Choriyev asarlari respublika va xorijiy mamlakatlarning muzeylari va xususiy toʻplamlarida saklanadi. «Chorvoq vodiysi», «Surxondaryo odamlari» asarlari turkumi uchun Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureata (1983). «Elyurt xurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1998).

Ad.: Valiullina N., Roʻzi Choriyev, T., 1983.


Lotin alifbosida maqola: CHORIYEV Roʻzi Choriyevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
YAPONIYA
XITOY
QORAQALPOGʻISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты