CHORIQULBOY

CHORIQULBOY Pirnafasboy oʻgʻli (1847, Buxoro viloyati Romitan tumanidagi Qoqishtuvon qishlogʻi — 1934, Chorjoʻy viloyatidagi Dargʻonota sh.) — yirik qorakoʻlchi boylardan biri. Oʻzbekistonda yersuv islohoti davrida (1925—26) Qizilqum yaylovlaridagi 50 ming bosh kuy va b. molmulklarini oʻz ixtiyori bilan sovet hokimiyatiga topshirgan. Biroq, shunga qaramasdan 1932-y. da qamalib, Orenburgga surgun qilingan. Oʻzbekiston SSR XKS raisi F. Xoʻjayevning aralashuvi bilan 1933-y. da Choriqulboy surgundan kaytarilgan va unga Chorjoʻy viloyatidagi Dargʻonotada yashash uchun ruxsat berilgan. Choriqulboy Romitan sh. da Zarafshon daryosi ustida hashamatli koʻprik (1911—14) va Xayrobod arigʻi boʻyida muhtasham klub (1924) qurdirgan. Oʻzbekiston istiqlolga erishgach, uning xoki Qoqishtuvon qishlogʻidagi Sazokli bobo (Hazrati Nasimiy) qabristoniga qayta dafn etilgan (1993). Qabri ustiga maqbara oʻrnatilgan.

Ad. . Halimov T., Sahovatli Choriqulboy, Buxoro, 1996.


Lotin alifbosida maqola: CHORIQULBOY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OʻZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI
TOSHKENT
BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI
San'at Jalilov - Bobo
BUXORO VILOYATI


Комментарии 2

Ravshan
Assalomu alekum hammaga alhamdulillah shu kishi meni bobomni bobolari bo'ladi lekin hozir ko'prik yaxshi ahvoldamas
3 января 2023 12:37

ALI
Zur inson bo'lgan ekanlar
16 апреля 2023 21:37

Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты