CHORLASH

CHORLASH, chaqiriq — Turkiston xalklarida nikoh toʻyidan soʻng kelin yoki kuyov sharafiga har ikki kuda uyida oʻtkaziladigan 1chaqiriq, ziyofat, marosim. Oʻzbeklarda kelin Chorlash (chorlar) toʻydan keyin bir hafta ichida kelinning oʻz otaonasinikiga kuyovning yaqin qarindoshlari, qoʻniqoʻshnilari bilan mehmon boʻlib borishidir (erkaklar ishtirok etmaydi). Bunda kuyovning onasi qudasinikiga har xil sovgʻalar, milliy taomlar, shirinlik va b. keltiradi. Kelinning onasi ziyo fat tugagach, ayol kudalarga sovgʻa, qiziga esa boshoyoq sarpo qoʻyadi. Chorlash bilan qudalarning rasmiy qarindoshchiligi boshlangan. Kuyov Chorlash (chaqiriqda) 1 farzand koʻrgunga qadar kuyov yaqin qarindoshurugʻlari, mahalladagi eʼtiborli kishilar, doʻstlari (faqat erkaklar) bilan qaynatasinikiga boradi. Kuyovning qaynatasi oʻz imkoniyatiga yarasha kuyoviga va uning qarindoshlariga sovgʻalar beradi. Hozirda Chorlash marosimi yoʻqolib bormoqda.


Lotin alifbosida maqola: CHORLASH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
Britney Spears - The Big Fat Bass
Yulduz Usmonova - Ayol
YER
NIKOH TOʻYI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты