CHORSU

CHORSU (fors, chor—toʻrt, suk,—bozor; chorrahadagi bozor joy) — 1) tarixiy shaharlarning asosiy chorrahasidagi odatda usti yopiq boʻlgan savdosotiq joyi; aksari shaharning oʻrtasida qurilib, markaziy mujassamotga ega boʻlgan;

2) umuman savdosotiq joyi. Chorsu larning paydo boʻlishi shaharning oʻzi kabi qadimiydir. Kdd. Misrda «shahar» maʼnosi doyra ichidagi chorraha shaklidagi iyeroglif orqali ifodalangan. Qad. Rim shaharsozligida chorraha maxsus imorat (tetrapil)lar bilan ajratilgan. Bolqon mamlakatlari meʼmorligida Chorsu nomi «charshiya» deb talaffuz etiladi (mac, Makedoniyadagi Skople va Bitola shaharlarining qad. bozorlari). Shahrisabzda Chorsu larning yaqqol namunasi saklangan. Samarkand Chorsusi ham tarixiy shaharning savdosotiq markazida, olti asosiy koʻchayoʻnalishlarning kesishgan joyida barpo boʻlgan (q. Chorsoʻ). Buxoroda Chorsular «toq» iborasi bilan mashhur: Toqi zargaron, Toqi sarrofon va b. Toshkent, Shahrixon kabi shaharlarda Chorsu binolari sinchdan, yassi tomli qilib ishlangan (saklanmagan). Xivada Chorsu doʻkonlari koʻproq Ota va Polvon darvozalar koʻchalari boʻylab joylashgan edi.


Lotin alifbosida maqola: CHORSU haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
TEMURIYLAR
ITALIYA
BOZOR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты