CHORTOQ

CHORTOQ — Namangan viloyati Chortoq tumanidagi shahar, tuman markazi. T. y. stansiyasi. Chortoqdan respublika ahamiyatidagi Namangan — Chortoq — Nanay avtomobil yoʻli oʻtgan. Namangan sh. dan 19 km shim. da, Chortoqsoy vodiysida. Aholisi 47,7 ming kishi (2003). Chortoqda paxta tozalash, mineral suv kadoklash zdlari, tikuvchilik fkasi, avtokorxona, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, 10 dan ziyod umumiy taʼlim maktabi, madaniyat uyi, kutubxonalar, kasalxona, poliklinika, bosmaxona va b. ishlab turibdi.

Chortoqdan 7 km shim. sharkda 650 m balandlikda, Chortoqsoy sohilida «Chortoq» sanatoriysi joylashgan. Chortoq mineral suvi 1953-y. da ochilgan. Bolalar sanatoriysi ham ishlab turibdi. Sanatoriyda 15 xildan koʻproq davolash usullari qoʻllaniladi. Davolash kompleksiga fizioterapiya, iklim bilan davolash, massaj, parqez ovqatlar va b. kiradi. Iklimi kontinental. Yozi issiq, quruq, qishi iliq, quyosh nuri koʻp. Yillik quyosh nuri Kavkaz va Krim kurortlariga nisbatan ikki barobar ortiq tushadi (4800 soat, Sochila 1980, Nalchikda 1710 soat). Quyoshning yuqori turishi natijasida bulutli kunlar kam boʻladi va quyosh radiatsiyasi 144,0 kkal/sm2 ga yetadi. Chortoqda yanv., fevral oylaridagina tra 0°dan past boʻladi. Yanv. ning oʻrtacha trasi —1,4°, eng past tra —24°, iyulning oʻrtacha trasi 23°, eng yuqori tra 39°. Yiliga 277 mm yogin tushadi. Bu sharoit sanatoriyda aero va gelioterapiya usullarida davolash imkonini ham beradi. Hududi koʻkalamzorlashtirilgan, bog, mevazor va yongʻoqzorlardan iborat.


Lotin alifbosida maqola: CHORTOQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
NAMANGAN VILOYATI
QORAQALPOGʻISTON
ROSSIYA
TOSHKENT VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты