CHORTOQ MINERAL SUVI

CHORTOQ MINERAL SUVI — shifobaxsh, hidsiz va rangsiz suv. Kimyoviy tarkibi boʻyicha sulfatxloridnatriyli, suvning minerallashganligi rN=7,2 bilan 2,6 g/l va tarkibida 14 mg/l kremniy kislotasi mavjud. Suvning trasi 30°. Chortoq sh. dan 7 km shim. sharkda Chortoqsoy sohilida «Chortoq» sanatoriysi joylashgan. Bu yerda 1953-y. neogen yotqiziqdaridan tashkil topgan Chortoq strukturasida chuqur burgʻi quduqlari (ZOYU m gacha) yordamida mineral suv topilgan. Baktriya seriyasi konglomeratlarida 150 — 500 m oraliqda 4 ta suv oʻtkazuvchi gorizont ochilgan, chuq. 507 m li burgʻi qudugʻi 1958-y. Fargʻona gidrogeologiya ekspeditsiyasi tomonidan qazilib, 1959-y. da foydalanishga topshirilgan. Burgʻi qudugʻining debiti (sarfi) 2 atm bosimda 7 l/sek atrofida. Ovqat hazm qilish organlari kasalliklarini davolashda ichish uchun foydali. Massaget seriyasi yotqiziqlaridan topilgan Chortoq mineral suvi esa, yuqori minerallashgan (60 g/l gacha), gipertermalli (trasi 72° gacha), xloridnatriykalsiyli, kam radioaktivli, tarkibida yuqori darajada yod (19—48 mg/l) va brom (25 mg/l) boʻlgan gaz chikaruvchi azotli suv. Kimyoviy elementlar majmuasining uygunligiga koʻra, bu suv balneologik nuqtayi nazaridan katta amaliy ahamiyatga ega. 1250—1550 m chuqurlikdagi massaget seriyasi yotqiziqlarida ochilgan, favvora boʻlib chikuvchi suvlar bazasida «Chortoq» sanatoriysi faoliyat koʻrsatmoqda. Bu suv tayanchharakat organlari, poliartrit, meʼdaichak, ginekologik, spondilyoz, yurak, teri va b. kasalliklarni davolashda foydalanilmoqda. Chortoqning yodlangan mineral suvi nafaqat balneologik nuqtayi nazaridan, balki sanoat uchun zarur boʻlgan yod ajratib olish obyekti sifatida ham ahamiyatga ega.


Lotin alifbosida maqola: CHORTOQ MINERAL SUVI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
XITOY
OKEAN
MINERAL


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты