CHORTOQ SANATORIYSI

«CHORTOQ» SANATORIYSI — balneologik kurort; Namangan sh. dan 25 km masofada Chortoqsoy sohilida, Chatqol togʻining jan. qiyaligidagi togʻ adirlarida, dengiz sathidan 650 m balandlikda joylashgan. Chortoq mineral suvi tufayli bunyod etilgan.

1949-y. 31 avg. da Chortokda 30 oʻrinli balneologik shifoxona tashkil etildi; yil sayin u kengaya borib, 1959-y. oʻrinlar soni 250 taga yetdi. 1961-y. 1-martdan shifoxona «Chortoq sanatoriysi»s. ga aylantirildi. Sanatoriy hududi turli meva va manzarali daraxtlar bilan koʻkalamzorlashtirilgan. Mayd. 37 ga, iqlimi yumshoq, kontinental, yozi quruq, issiq, qishi yumshoq. Yanv. dagi oʻrtacha harorat — 1,4°, iyulda 23°, nisbiy namlik 52%. Davolash omili — minerallari kam, ichiladigan, sulfatxloridli, natriyli mineral tuzlar va termal, gipertermal (42° dan yuqori vannalar uchun), yodli, xloridli, kalsiynatriyli minerallari koʻp (20—50 g/l) suvlar hisoblanadi. Bundan tashqari, fizioterapiya, davo fizkulturasi, massaj, issiq (parafin va ozokerit) bilan davolash usullari ham qoʻllaniladi. «Chortoq sanatoriysi»s. zamonaviy davolashdiagnostika asbobuskunalari bilan jihozlangan; u yerda 40 kishilik vanna, basseyn, dush va suv muolajasi xonalari mavjud. Sanatoriyda xarakat aʼzolari, nerv sistemasi, hazm aʼzolari, ginekologik va teri kasalliklari bilan ogʻrigan bemorlar davolanadi. Shuningdek, oʻtkir miokard infarktini boshdan kechirganlar sogligini tiklash uchun 30 oʻrinli reabilitatsiya boʻlimi faoliyat koʻrsatadi. Mineral suvli vannalar gipotonik, tomir kengaytiruvchi taʼsir qiladi, u qon oqimi tezligini barqarorlashtiradi, organizmning himoya vazifasini oshiradi, yalligʻlanishga qarshi taʼsir koʻrsatadi. Sanatoriyda 400 oʻringa moʻljallangan yotoq korpuslari (bir va ikki oʻrinli), klub, kutubxona, fitobar, sport maydonchalari va b. bor (2004).


Lotin alifbosida maqola: CHORTOQ SANATORIYSI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YAPONIYA
XITOY
NAMANGAN VILOYATI
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты