CHORTOQ SUV OMBORI — Namangan viloyatida Chortoqsoy daryosi oʻzanida qurilgan suv ombori. Daryo suvini mavsumiy tartibga soladi. 1navbati 1975-y. da qurib tamomlangan. Toʻliq hajmi 30,0 mln. m3, toʻgʻoni bal. 37 m, maksimal suv oʻtkazish imkoniyati 50 m3/sek. Namangan viloyatidagi Chortoq, Uchqoʻrgʻon tumanlaridagi ekinzorlarning suv taʼminotini yaxshilash imkoniyatini beradi.