CHORTOQ TUMANI

CHORTOQ TUMANI — Namangan viloyatidagi tuman. 1950-y. 15 apr. da tashkil etilgan. Gʻarbdan Yangiqoʻrgʻon, jan., jan. sharqdan Uychi tumanlari, shim. va sharqda Qirgʻiziston Respublikasi bilan chegaradosh. Mayd. 0,36 ming km2. Aholisi 143,9 ming kishi (2003). Tumanda 1 shahar (Chortoq), 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Alixon, Bogʻiston, Gulshan, Koroskon, Muchum, Oyqiron, Peshqoʻrgʻon, Saroy, Hazratisho) bor. Markazi Chortoq sh.

Tabiati. Chortoq tumani Chatqol tizmasining jan. etaklarida joylashgan. Yer yuzasi tekislik va adirlardan iborat. Balandligi jan. dan shim. ga 300 m dan 1500 m gacha. Foydali qazilmalardan neft, mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan qurilish materiallaridan shagʻal, ohaktosh, gil tuproqlari bor. Iqlimi kontinental; yozi issiq va quruq, qishi sovuq. Oʻrtacha tra yanv. da — G dan —4° gacha, iyulda 25— 26°. Eng past tra qishda —29°, yozda eng baland tra 40°. Yiliga 300—400 mm yogin tushadi (koʻproq qishda va bahorda yogʻadi). Vegetatsiya davri 175 kun. Togʻadirlardan katta kichik soylar oqib tushadi. Ulardan baʼzilarida faqat yogʻingarchilik mavsumidagina suv oqib, yozda qurib qoladi. Eng yirik soylari: Chortoqsoy, Namangansoy (yuqori qismida Pochchaotasoy) va b. soylardan bahorgi yomgʻirlarda kuchli sel keladi va xoʻjalikka katta zarar yetkazadi. Ayrim soylarda selga qarshi selxonalar kurilgan. Soy suvlaridan sugʻorishda keng foydalaniladi. Tumanning jan. qismidan Katta Namangan (Chortoq), jan. chegarasidan Shim. Fargʻona kanallari oʻtgan. Tuproklari, asosan, tipik boʻz tuproklap. Q. x. ga yaroqli yerlar oʻzlashtirilgan. Tabiiy oʻsimliklar, asosan, adirlarda saqlangan: efemer oʻtlar va butalar oʻsadi. Adir oʻsimliklarini oʻrganish va ularni boyitish boʻyicha OʻzFA Botanika intining tajriba uchastkasi bor. Yovvoyi hayvonlardan tulki, yumronqoziq, toshbaqa, turli xil ilonlar, kaltakesaklar; qushlardan kaklik, ular va b. uchraydi; suvlarida har xil baliqlar mavjud.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, qirgʻiz, tatar, rus va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 400 kishi. Qishloq aholisi 96,2 ming kishi, shahar aholisi 47,7 ming kishi.

Xoʻjaligi, asosan, q. x. ga ixtisoslashgan. Paxta tozalash, Chortoq mineral suv zdlari, bosmaxona, tikuvchilik fkasi, avtokorxona, MTP, qurilish tashkilotlari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi.

Q. x. ning yetakchi tarmogʻi — paxtachilik. Sabzavotchilik, gʻallachilik, meva yetishtirish ham rivojlangan. Shirkat va fermer xoʻjaliklari bor. Ekin maydonlariga paxta, don, sabzavot, kartoshka va poliz ekinlari ekiladi. Mevazor va tokzorlar koʻp. Tumanda markaziy kutubxona va uning tarmoklari, klub muassasalari va madaniyat uylari, xalq teatri aholiga xizmat koʻrsatadi. Umumiy taʼlim maktablari, bolalar musiqa maktabi, markaziy kasalxona, poliklinika, dorixonalar, feldsherakusherlik, qishloq vrachlik punktlari ishlab turibdi. «Paxtalikoʻl», «Chortoq» sanatoriylari faoliyat koʻrsatadi. Fargʻona vodiysi boʻylab oʻtkazilgan aylanma t. y. Chortoq sh. dan oʻtadi. Namangan — Chortoq—Nanay avtomobil yoʻli respublika ahamiyatiga ega.


Lotin alifbosida maqola: CHORTOQ TUMANI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
NAMANGAN VILOYATI
XITOY
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты