CHORTOQSOY

CHORTOQSOY — Qirgʻiziston Respublikasi (ozroq qismi) va Namangan viloyatidagi soy. Chatqol tizmasining Boʻzbittov togʻi (2875 m) yon bagʻridan boshlanib, asosan, Uychi tumani hududida tugaydi. Kuchli sel kelgan paytlaridagina Sirdaryogacha yetib keladi. Shim. Fargona kanali bilan kesishgan joyda kanal suvi Chortoqsoy ostidan dyuker orqali oʻtgan. Uz. 67 km. Havzasining mayd. 715 km2. Oʻrtacha yillik suv sarfi 1,8 m3/sek. Yogʻinsochin va buloq suvlaridan toʻyinadi.

Ch. Pochchaota sugʻorish sistemasiga kiradi. 1957-y. Ch. da nasos styasi qurilib 6 ming ga dan ziyod yer sugʻoriladigan boʻldi. Bahorgi sel va toshqinlarning buzish kuchini kamaytirish uchun Alixon qishlogʻi yaqinida sel suvini toʻplaydigan selxona qurildi. Soy boʻyida Chortoq sh. va sanatoriysi, qishloklar joylashgan.


Lotin alifbosida maqola: CHORTOQSOY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
NAMANGAN VILOYATI
XITOY
SIRDARYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты