CHOSON

CHOSON (aynan — tonggi goʻzallik) — Koreya tarixidagi ilk davlat (mil. av. taxm. 1ming yillik). Dastlab Choson — qabila yoki qabila ittifoqi tomonidan barpo etilgan. Mil. av. 1-a. oxirida Ch. Xitoydagi Xanʼ sulolasi tomonidan bosib olingan. Xitoy bosqinchilariga qarshi kurash jarayonida, milodning boshlarida Koguryo, Pekche va Sila kabi ilk oʻrta asr mahalliy davlatlari shakllangan. Choson koreys davlatining nomi sifatida Li sulolasi qaror topishi bilan (1392) vujudga kelgan va 1897-y. Koreyani Texan imperiyasi deb qayta nomlanishiga qadar saklanib qolgan. KXDR barpo etilishi bilan «Choson» atamasi respublikaning rasmiy nomi tarkibiga kirgan (Choson mindjudjuiy inmin konxvaguk).


Lotin alifbosida maqola: CHOSON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
KOREYa
YAPONIYA
KOREYa XALQ DEMOKRATIK RESPUBLIKASI, KXDR
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты