CHOCh RAQSI

CHOCh RAQSI — mil. 1ming yillik oʻrtalarida Xitoyda shuhrat qozongan raqs turi. Chjechji (Choch — Toshkent) nomi bilan atalgan. Choch raqsini, asosan, qizjuvonlar ijro etgan. Raqsga avval bir kishi tushgan, yaʼni yakka oʻyin hisoblangan. Mil. 5—6-a. larda esa, 5 kishi, keyingi asrlarda esa 24 kishi oʻynagan. Choch raqsi davra qilib, aylanib oʻynalgan, u milliy musiqa, maqom va xonanda ashulasi bilan ham qoʻshib yuborilgan. Raqqrsalardan biri davraning markazida oʻynab, oʻyinni boshqarib borgan. U xuasin («gulning markazi») deb atalgan. Raqqosalar qimmatbaho matolardan tikilgan, dur va javohirlar, chyroyli kashta nusxalar bilan bezalgan liboslarda chiqishgan. Choch raqsi xitoyliklarni oʻziga maftun etgan. Oʻsha davrlarda yozilgan musiqa risolalarida bu oʻyinga juda yuqori baho berilgan. Mac, Chyan Yan oʻzining «Musiqa kitobi» asarida «Xitoyliklar chjechji raqsini ijro etishda xuslar (xorijiylar) bilan tenglasha olmaydilar», deb yozgan. Xitoy shoirlari Choch raqsining maftuni boʻlib, unga bagʻishlab 29 ta sheʼr va qasidalar yozganlar. Ad,: Shoniyozov K., Qangʻ davlati va qangʻlilar, T., 1990. Muham madjonov A., Qadimgi Toshkent, T., 2002.


Lotin alifbosida maqola: CHOCh RAQSI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
TOSHKENT
YAPONIYA
HINDISTON
BERUNIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты