CHOQADAMBULOQ TEMIR KONI

CHOQADAMBULOQ TEMIR KONI — Tojikiston Respublikasining Sugd viloyatidagi kon. Xoʻjand sh. dan 20 km shimsharqda, Qoramozor togʻlarida joylashgan. Ruda qamrovchi metasomatitlar (skarnlar) amfibolitlanish, epidotlanish, xloritlanish, karbonatlanish, kvarslanish va b. oʻzgarishlarning koʻp qavatli namoyonlarini oʻzida aks ettiradi. Choqadambuloq temir koni skarnmagnetitli sanoat tipiga mansub. Asosiy rudali minerallari: magnetit, pirit, galenit, sfalerit, xalkopirit, gematit va b. Parametrlari boʻyicha Choqadambuloq temir koni kichik konlar tipiga mansub, ayrim joylarda temir tarkibi yuqori (30—50% dan koʻproq).



TOJIKISTON
TOSHKENT
MURUNTOV OLTIN KONI
YER
CHOLOTA QOʻRGʻOSHIN-RUX KONI


Добавить комментарий