CHU

CHU — Qirgʻiziston va Qozogʻiston Respublikalari hududidagi daryo. Uz. 1067 km, havzasining mayd. 62,5 ming km2. Markaziy Tyanыiandan boshlangan Krraxoʻjir (quyi oqimida Juvonariq) va Qoʻchqor daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻlib Sirdaryoga 110 km yetmasdan qumlar orasida tugaydi. Chu bosh qismida chuqur vodiyda tez oqadi. Kungay Olatovi bilan Qirgʻiziston togʻ tizmalarini kesib oʻtib tor Boʻoʻm darasini hosil qiladi. Boʻoʻm darasidan oʻtgach, Chu vodiysiga chiqadi va Betpakdala hamda Moʻyinqum choʻllari orasida sekin oqadi. Chuning togʻli qismida Oʻrtatoʻqay suv ombori qurilgan. Toshqin paytida Kutemaldi tarmoqchasi orqali suvining bir qismi Issiqkoʻlga quyiladi. Ch. Boʻoʻm darasidan keyin oʻngdan Katta Kebin, Kichik Kebin, Irgʻayli, Koʻkpatos; chapdan Alameddin, Oqsuv, Qorabolta, Quragʻati irmoqlari qoʻshiladi. Asosan, qor suvlaridan, qisman muzliklardan toʻyinadi. Bahorda sersuv. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi togʻdan chiqaverishda 52,9 m3/sek. Chu togʻli qismida muzlamaydi, tekislik qismida 3—3,5 oy muzlaydi. Daryodan Katta Chu, Shoʻrtepa, Otboshi, Choʻmish, Georgiyevka kanallari chiqarilgan; Otboshi, Alameddin GESlari kurilgan. Chu sohilida Toʻqmoq, Chu sh. lari joylashgan. Daryo vodiysi boʻylab Taroz — Bishkek — Baliqchi t. y. oʻtgan.


Lotin alifbosida maqola: CHU haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SIRDARYO
AMUDARYO
TOSHKENT
TYANOʻPAN
QOZOGʻISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты