CHU VILOYATI

CHU VILOYATI — Qirgʻiziston Respublikasi tarkibidagi viloyat, respublika shim. da. Mayd. 18,8 ming km2. Aholisi 747,9 ming kishi (1995), asosan, qirgʻizlar va ruslar, shuningdek, oʻzbek, ukrain, nemis, tatar, dungan, uygʻur va b. millat vakillari ham yashaydi. Tarkibida 11 tuman, 5 shahar va 7 shaharcha bor. Qirgʻiziston poytaxti (Bishkek) ham viloyat xududida joylashgan. Undan tashqari, Toʻqmoq, Qorabolta, Kant, Shopokov sh. lari mavjud. Markazi — Qorabolta sh. Viloyatning relyefi togʻli. Bal. 5000—5500 m. Ch. v. hududiga Chu va togʻ oraligʻidagi Katta Kebin vodiylari, shuningdek, ularni oʻrab turgan Kirgʻiz, Ili, Kungay Olatovlarining yon bagʻirlari kiradi. Vodiyning gʻarbiy va oʻrta qismlari deyarli tekislik. Qirgʻiz Olatovining etaklariga yaqin tomoni hamda Qirgʻiz, Ili Olatovlari egallagan sharqiy qismi biroz qiya. Vodiyning sharqida Chu daryosining oʻng sohilida Kebin vodiysi joylashgan. Vodiydan jan. da daralar bilan boʻlingan oʻrtacha balandlikdagi togʻ tarmogʻi bor. 3500 m dan yuqorida koʻp yillik muzlik, qoyalar, muzli mintaqalar boshlanadi. Qirgʻiz Olatovidagi dovonlarning hammasi 3000 m dan baland. Togʻning eng baland joyi Olaarcha va Alameddin daryolarining boshlanishida joylashgan. Ayrim togʻ choʻqqilari 4500 m balandlikda. Sharkda Ili va Kungay Olatovlarining oraligʻida Katta Kebin vodiysi, vodiy ichkarisida Koʻkoyroq yaylovi joylashgan.

Foydali qazilmalardan polimetall rudalari, rangli metallar, nometallardan osh tuzi, gips, marmar, siyenit, granit, mergel, ʻ shagʻal, slanes va b. bor. Gaz, neft resurslari oʻrganilgan. Iklimi keskin kontinental, yozi issiq, ayrim yillari qishda qattiq sovuq boʻladi. Bahori qisqa, mart oxiridan havo isiy boshlaydi. Iyulning oʻrtacha trasi 22°— 25°. Eng yuqori tra 44°. Yanv. ning oʻrtacha trasi —7°. Eng past tra —40°. Qor 75—90 kungacha erimay turishi mumkin. Yiliga vodiyda 270—400 mm, togʻ yon bagʻirlarida 500—600 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 220—230 kun. Daryolari Chu daryosi havzasiga mansub. Eng katta daryosi — Chu. Uning oʻng irmoklari — Katta va Kichik Kebin daryolari, chap irmoklari — Jeraliq, Toldibuloq, Shamish, Burana va b. Issiq va mineral buloqlar bor. Sunʼiy koʻl koʻp. Sharqiy, Fapbiy, Jan. Katta Chu sugʻorish kanallari va Oʻrtatoʻqay suv ombori qurilgan. Chu, Kebin vodiylarining tekislik qismida boʻz tuproq, ayrim joylarda nam va shoʻr tuproq; och tusli qoʻngʻir tuproklar ham uchraydi. Tog etaklarida och tusli va qora qoʻngʻir tuproklar tarqalgan. Tabiiy oʻsimliklardan shuvoqefemerli chala choʻl oʻsimliklari, shuvoqgʻalladoshlar, chalov shuvoqli oʻtlar, qamish va butasimonlar uchraydi. Tog etaklari, asosan, chalov va qoraqiyoq oʻsimliklarga boy. Tog yon bagʻirlarida oʻtloklar, baland qismida butazor va oʻrmonlar mavjud. Qirgʻiz Olatovidagi daralarda, Katta Kebin vodiysida qaragʻay, qayin, archa, chetan daraxti va b. usadi. 3600 m dan yuqorida glyatsialnival mintaqa joylashgan. Yovvoyi hayvonlardan togʻ takasi, kiyik, arxar, silovsin, tulki, boʻri, qunduz, sugʻur va b., suvlarda har xil baliklar, goz, oʻrdak, ondatralar bor. Olaarcha daryosi darasida milliy bogʻ tashkil etilgan. Toʻqmoqda qirgʻovullarni koʻpaytirib tarqatish xoʻjaligi, Oqsuv davlat kompleks qoʻriqxonasi, Jarli Qayindi, Kebin davlat zoologiya qoʻriqxonlari mavjud.

Viloyatda rangli metallurgiya, yogʻochsozlik va mebelsozlik, mashinasozlik, qurilish materiallari, yengil, oziqovqat sanoatlari bor. «Goldstar» radiozavodi, «Torgmash», taʼmirlashmexanika, Chu metall buyumlari i. ch., Qayindi kabel zdlari, «Qirgʻizmebel» i. ch. birlashmasi, Toʻqmoq ipyigiruv fkasi, Qirgʻiz kamvolmovut kti, yirik panelli uysozlik zdi, kigiz, moʻyna fkalari, oziq-ovqat sanoati (konserva, yogʻpishloq, shakarqand, araqlikyor, tamaki, pivo zdlari, goʻsht, un va b.) korxonalari ishlab turibdi. Chu viloyatida dehqonchilik va chorvachilik rivojlangan. Dehqonchilikning asosini gʻallachilik tashkil etadi. Qand lavlagi, mavrak, yalpiz, sabzavot, kartoshka, poliz, ozuqa ekinlari ekiladi. Mevachilik, tokchilik taraqqiy etgan. Qoramol, choʻchqa, parranda, shuningdek, yilqi, quyon, tulki, nutriya boqiladi. Viloyat hududidan Lugovaya — Bishkek — Kebin — Baliqchi t. y. oʻtgan (Ch. v. dagi uz. 186 km). Vodiydan Talas, Oʻsh, Toshkent, Olmaota, Baliqchi, Noringa magistral avtomobil yoʻllari ketgan. Bishkek sh. yaqinidagi «Manas» aeroporti vodiyni Olmaota, Ostona, Toshkent, Moskva, Istanbul, Dehli, Qorakoʻl, Oʻsh, Norin, Jalolobod va b. shaharlar bilan bogʻlaydi. 300 ga yaqin umumiy taʼlim maktabi, oliy oʻquv yurtlari, muzey, teatr, madaniyat saroylari bor.


Lotin alifbosida maqola: CHU VILOYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
QIRGʻIZISTON
UKRAINA
XITOY
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты