CHU VODIYSI

CHU VODIYSI — Chu daryosi vodiysining bir kismi, daryoning oʻrta oqimida. Qirgʻiziston va Qozogʻiston Respublikalari hududida. Jan. sharkda Boʻoʻm darasidan shim. gʻarbda Moʻyinkumning sharqiy etagigacha boradi. Uz. 200 km chamasida, eni jan. sharqida 15 km gacha, shim. garbida 90—100 km. Bal. 500—1200 m. Yer yuzasi daryo qayiri va terrasalaridan iborat. Iklimi keskin kontinental, quruq. Yiliga 250—400 mm yogin (asosan, bahorda) tushadi. Chu vodiysining deyarli hammasi haydalgan va sugʻoriladi, KOʻriq yerlarda boʻz tuprokda chala choʻl va kuruq dasht oʻsimliklari oʻsadi. Chu vodiysi Qirgʻizistonning asosiy q. x. rayoni (qandlavlagi, kanop yetishtiriladi; bogdorchilik, tokchilik, gʻallachilik rivojlangan). Sugʻorish kanallari oʻtkazilgan. Chu vodiysi janubida Qirgʻizistonning poytaxti va asosiy sanoat markazi Bishkek sh. joylashgan.


Lotin alifbosida maqola: CHU VODIYSI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QIRGʻIZISTON
YER
QOZOGʻISTON
TOSHKENT
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты