CHUVASH TILI

CHUVASH TILI — turkiy tillarayan biri; RFning Chuvashiston, Tatariston, Boshkirdiston respublikalarida va ularga qoʻshni bir kancha viloyatlarda, shuningdek, Kozogʻiston va Ukrainada tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 2 mln. kishidan ortiqroq (oʻtgan asrning oxirlari).

Chuvash tili yuqori (viryal) va quyi (anatri) laxjalariga boʻlinadi. Quyi lahja adabiy tilga asos boʻlgan. Chuvash tili oʻz taraqqiyoti tarixida avval skif, slavyan, finugor tillari, keyinchalik, tatar va boshqird tillari taʼsiriga uchraganligi tufayli boshqa turkiy tillardan bir qancha fonetik va grammatik oʻziga xosliklarga ega. Bunday tafovutlar unlilar soni (9 ta) va talaffuzida, otlardagi koʻplik qoʻshimchasining qoʻllanishida, ayrim sonlar va olmoshlarning shakliy koʻrinishida kuzatiladi. Leksikada qad. turkiy, moʻgʻul, finugor, eroniy tillardan, shuningdek, arab va rus tilidan oʻzlashgan soʻzlar alohida qatlamni tashkil etadi.

Chuvash tilining dastlabki grammatikasi 1769-y. da nashr etilgan. 18-a. da va 19-a. ning 1yarmida lugʻatlar, liniy adabiyotlarning Chuvash tili dagi tarjimalari, folklor namunalari chop etiladi. Eski chuvash yozuvi asosan rus grafikasini qoʻllagan, 1871-y. da chuvash yozuvchisi va olimi I. Ya. Yakovlev yangi chuvash yozuvini yaratgan. 1933-y. dan rus grafikasi asosidagi yangi alifbo joriy etilgan.

Ad.: Baskakov A. N., Vvedeniye v izucheniye tyurkskix yazыkov, 2izd., M., 1969.


Lotin alifbosida maqola: CHUVASH TILI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



JAHON TILLARI
TATARISTON
TOSHKENT
ROSSIYA
TURKIY TILLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты