CHUD-PSKOV KOʻLI

CHUD-PSKOV KOʻLI — RF Pskov viloyati va Estoniyadagi kul. Estonlar PeypiYarv koʻli deb atashadi. Bal. 30 m. Jan. dan shim. ga 150 km choʻzilgan. Birbiriga tutashgan 3 ta koʻldan iborat. Chekka jan. da Pskov, oʻrtasida Tyoploye, shim. da Chud koʻllari joylashgan. Umumiy mayd. 3550 km2, oʻrtacha chuq. 7,5 m, eng chuqur joyi 15 m. Shim. va sharqiy qirgʻoqlari past, qum dyunalari, qisman toshloqlardan iborat. Bahorda suvi koʻpayganda sharqiy va shim. qirgʻoklari suv ostida qrladi. Koʻlda mayda orollar bor, yirikroqlari Pirissar va Talabskiy o. lari. Koʻlga Velikaya, Emayiga, Jelcha, Aviyiga, Chyornaya kabi daryolar kuyilib, Narva daryosi oqib chiqadi. Dekabrning oʻrtalaridan muzlab, apr. oxiri — may boshlarida muzdan holi boʻladi. Koʻlning suv satxi bahor oxirlarida, dare suvi koʻpayganda 3 m gacha koʻtarilib, qishda pasayadi. Oʻrtacha suv xajmi 25,2 km3. Ch. P. k. da baliqlarning 22 turi (leshch, plotva, sudak, sig, nalim, choʻrtan va b.) bor. Koʻlda kema qatnaydi, yogʻoch tashiladi.


Lotin alifbosida maqola: CHUD-PSKOV KOʻLI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
YER
TOSHKENT
XITOY
OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты