CHU-ILI TOGʻLARI

CHU-ILI TOGʻLARI — Jan. Qozogʻistondagi yemirilgan past togʻli oʻlka. Jan. sharqda Orqa Ili Olatovi, shim. gʻarbda Betpakdala bilan tutashadi. Jan. sharqiy qismi Aytov (eng baland joyi 1800 m — Ch. I. t. ning eng baland qismi) deb nomlanadi. Aytovning jan. gʻarbiy yon bagʻri tik, shim. sharqiysi yotiq. Uning sharqida Qorauy platosi, shim. sharqida Xontov joylashgan (eng baland joyi 1200 m). Xontovning shim. gʻarbidagi yemirilgan past togʻli Jeltov Betpakdalaga tutashadi. Aytovning jan. dagi Kopii botigʻi uni Kandiktos togʻidan ajratib turadi. Chu-Ili Togʻlari qadimiy togʻlar boʻlib, zamini, asosan, paleozoy, usti mezokaynozoy yotqiziklari (slanes, granit, ohaktosh, gipssimon jinslar, kumtoshlar) dan tashkil topgan. Qishi sovuq, yozi quruq va issiq. Yanv. ning oʻrtacha trasi —14°, —15°, iyulniki 23°—25°. Yiliga 350—400 mm yogʻin tushadi, shim. sharqiy yon bagʻrida 200—250 mm. Togʻlarning quyi qismida choʻl, soʻngra adir, yuqori kismida togʻ mintaqasi mavjud. Yon bagʻirlari choʻldasht oʻsimliklari bilan qoplangan.


Lotin alifbosida maqola: CHU-ILI TOGʻLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
XITOY
TYANOʻPAN
TOSHKENT
POMIR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты