CHUKCHA TILI

CHUKCHA TILI, chukot tili — chukotkamchatka tillari oilasining chukot-koryak tarmogʻiga mansub til. RFning Chukot va Koryak muxtor okruglarida, shuningdek, Saxa Respublikasining Quyi Kolima tumanida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 15 ming kishidan ortiq (oʻtgan asrning oxirlari). Chukcha tilining 10 ga yaqin laxjasi bulib, ularning asosiylari 2 ta: sharqiy (uelen) — adabiy tilga asos boʻlgan; gʻarbiy (pevek). Chukcha tili fonetik tizimida 6 unli, 13 undosh mavjud; unlilarda singarmonizm, assimilyatsiya, dissimilyatsiya hodisalari kuzatiladi. Grammatik qurilishi jihatidan agglyutinativ tillarga kiradi. Suz va shakl yasalishi suffikslar va prefikslar orqali amalga oshadi. Morfologiyasida son kategoriyasi (birlik va kuplik) mavjud, olmoshlar soni 6—8 tani tashkil etadi. Sintaksisida qoʻshma gaplarga nisbatan sodda gaplar koʻproq qoʻllanadi. Leksikasida eskimos, yukagir tillaridan, shuningdek, rus tilidan (19a. oxiri — 20-a.) oʻzlashgan soʻzlar bor. 1931-y. da lotin grafikasi asosida shakllangan yozuvi 1936-y. da rus grafikasiga koʻchirilgan.


Lotin alifbosida maqola: CHUKCHA TILI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
JAHON TILLARI
XITOY
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты