CHUMAKOV Ivan Davidovich (1906. 17.4, Qozogʻiston, hoz. Jambul viloyati — 1980.9.11, Toshkent) — geologiyarazvedka texnikasi sohasidagi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1966), texnika fanlari dri (1963), prof. (1969). Oʻrta Osiyo universiteti fizikamatematika ftining geol. boʻlimini tugatgan (1930). Turkmaniston, Oʻzbekiston va Tojikistonda geol. boshqarmalarida ishlagan. Oʻrta Osiyo Geol. va mineral xom ashyo i. t. institutida direktor oʻrinbosari (195762), 1962-y. dan shu intda razvedka texnikasi ishlari rahbari. Asosiy ilmiy yoʻnalishi togʻli sharoitlarda konlarni razvedka qilish texnikasi va texnologiyasi boʻlib, uni tashkil etishning ratsional usullarini ishlab chiqqan.