CHUMCHUQKOʻZ

CHUMCHUQKOʻZ (Veronica campylopoda) — sigirquyrukdoshlar oilasiga mansub bir yillik mayda, jingalak tukli oʻsimlik. Boʻyi 5—10 sm, poyasi toʻgʻri yoki shoxlangan. Barglari oddiy, choʻziq nashtarsimon, yuqoridagilarining chetlari tekis, pastdagilariniki sal oʻyilgan. Toʻpguli shingilsimon. Gullari qiyshiqroq, koʻk, ikki jinsli. Mevasi tuklar bilan qoplangan, ikki uyali koʻsakcha. Chumchuqkoʻz martda gullaydi, apreldan meva tugadi. Ch. Oʻrta Osiyoning barcha hududlarida, Zakavkazye, Afgʻoniston, Iroq va Kichik Osiyoda tarqalgan. Oʻzbekistonning choʻllarida, togʻ etaklarining mayin tuproqli, qumli va mayda toshli yon bagʻirlarida oʻsadi. Begona oʻt sifatida turli ekinlar orasida ham uchraydi. Chumchuqkoʻz bahorda ovqatga ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: CHUMCHUQKOʻZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ? degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OSIYO
IROQ
BEGONA OʻTLAR
AFGʻONISTON
Shahzod Murodov - Jingalak


Добавить комментарий