CHUNSIN

CHUNSIN, Yuychen, Basyan Xitoyning jan. gʻarbiy qismidagi shahar, Szyalinszyan daryosining Yanszi daryosiga quyilish yerida. Sichuan provinsiyasida. Aholisi 3,2 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari) . Transport yoʻllari chorrahasi. Aeroport bor, daryo porti. Mamlakatning yirik savdo va sanoat markazlaridan. Qora metallurgiya, sanoat jihozlari, priborsozlik, kimyo, rezina, neftni kayta ishlash, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. universitet va b. oliy oʻquv yurtlari, 2 issiklik elektr styasi, GES kaskadi bor. Shaharga 3 ming yil avval asos solingan. 1937—46 y. larda Xitoyning vaqtinchalik poytaxti boʻlgan. Chunsin yaqinidan toshkoʻmir qazib olinadi.


Lotin alifbosida maqola: CHUNSIN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
ROSSIYA
YAPONIYA
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты