CHURRA

CHURRA — ichki aʼzolar yoki ular bir qismining tabiiy yoki yangi paydo boʻlgan teshikdan Churra darvozasi orqali biror boʻshliqqa ichki qorin pardasi bilan chiqishi, bunda boʻshliq ichini qoplab turgan parda va terining butunligiga putur yetmaydi. Miya, koʻkrak, qorin churralari, Shmorl churrasi (umurtqalararo disk churrasi) va b. Ch. lar farqlanadi. Qorin churrasiga kiradigan chov, son, kindik, krrinning oldingi devori churrasi, chovyorgʻoq churrasi (dabba), operatsiyadan keyin paydo boʻladigan Churra koʻp uchraydi. Churra tugʻma va orttirilgan, joyiga qaytib kiradigan va kirmaydigan, siqilgan va siqilmagan boʻladi. Tashqi (ichki aʼzolar ularni krplab turgan qorin parda bilan teri ostiga chiqishi) va ichki (Ch. hosilasini qorin pardasi va ichak tutqich hosil qiluvchi, choʻntaklarda boʻrtib chiqishi) Churralar bor. Har bir Churra da: ichki aʼzolarning boʻshliqdan chiqadigan joyi — Ch. darvozasi; qorin pardasining bevosita Churra darvozasidan chiqadigan qismi — Ch. xaltachasi; Ch. xaltachasidagi aʼzolar — aksari ingichka ichak, charvi, baʼzan bachadon nayi, tuxumdon, yoʻgʻon ichak, taloq va b. boʻlishi mumkin.

Qorin Churrasi koʻproq kuzatiladi, bunda sonning yuqori qismida koʻpincha ogʻir mehnatdan keyin, kuchanganda shish, baʼzan shu sohada kuchsiz ogʻriq paydo boʻlib, koʻpincha bu alomatlar bemorni tinch holatida oʻzoʻzidan yoʻqolib ketadi. Uzoqvaqt Churra bilan ogʻrigan bemorlarda shish doimiy boʻlishi mumkin. Churra umurtqalararo diskdan chiqadigan boʻlsa, bel va oyoqdarga ogʻriq beradi, harakat cheklanadi.

Churraning sabablari mahalliy va umumiy boʻladi. Bularga Churra xaltachasi boʻrtib chiqadigan tana qismlarining tuzilish xususiyatlari (mahalliy), ogʻir yuk koʻtarish, qabziyatda doimo kuchanish (umumiy) va h. k. kiradi. Homiladorlikda qorinning ichki bosimi oshadi, devori esa boʻshashib yupqalashadi, natijada Churra xavfi kuchayadi. Boʻshliqdevorining ayrim shikastlaridan soʻng «boʻshashgan (zaif) joylar» hosil boʻlib qolishi mumkin. Ona qornidagi rivojlanish nuqsonlari, mac, kindik halqasining oʻsmay qolishi oqibatida kelib chiqadigan tugʻma Churra ham boʻladi.

Churra belgilari: odatda Churra paydo boʻladigan soha boʻrtib (shishib) chiqadi, paypaslab koʻrilganda Churra darvozasi seziladi va h. k. Asorat bermagan Churrada bemor ogʻirlik, noqulaylik sezadi, baʼzan siydik ajralishi buziladi. Katta Churrada ogʻriq paydo boʻlib, odamning ish qobiliyati pasayadi.

Yalligʻlanish va qisilish Churraning eng koʻp uchraydigan asoratidir. Churra xaltachasi va ichidagi aʼzoning shikastlanishi oqibatida yalligʻlanish roʻy beradi, bunda Churra xaltachasi ichidagi aʼzo bilan uning devorlari oʻrtasida bitishmalar hosil boʻlib, toʻgʻrilanmaydigan Churra yuzaga keladi.

Churra qisilganda qisilgan aʼzoda qon aylanishi buzilib, u jonsizlanadi. Qisilish oʻz vaqtida bartaraf etilmasa, ichak yorilishi (peritonit) paydo boʻlishi mumkin. Ichaklar bosilganda ichak tutshshshi roʻy beradi.

Har qanday Churrani oʻz vaqtida operatsiya qilinmasa asorati yomon boʻladi. Churra qisilganda zudlik bilan tez yordam chaqirish kerak.

Churra hatto bezovta qilmaganda ham operatsiya qilish lozim. Bemorning sogʻligʻi operatsiyaga imkon bermaganda bandaj taqib yurish tavsiya etiladi.

Bolalarda koʻpincha tugʻma Churra boʻladi. Ularda asosan kindik va chov Churra lari koʻp uchraydi. Kindik Churrasi kamdankam qisiladi va goʻdak hayotining dastlabki yillarida oʻzoʻzidan tuzalib ketadi, chunki bola oʻsgan va muskullari rivojlangan sari kindik halqasi oʻzicha bekilib qolishi mumkin. Goʻdak bolalarda kindik Churra sini kindikka muntazam yopishqoq plastir yopishtirib davolanadi. Plastirni 7—14 kunda almashtirib turish lozim.

Oldini olish: qorin devori muskullarini mustahkamlaydigan maxsus mashqlar bilan muntazam shugʻullanish (vrach tavsiyasi bilan), organizmni chiniqtirish, jismoniy ish bilan dam olishni toʻgʻri tashkil qilish kerak. Homiladorlikda bandaj taqish, badan tarbiya bilan shugʻullanish, tugʻrukdan soʻng qorinni massaj qilish va birdan semirib yoki oriqlab ketishdan saqlanish lozim. Bolalarda Churraning oldini olish uchun ularni ratsional ovqatlantirish, qabziyatga yoʻl koʻymaslik gʻoyatda muhim. Goʻdak bolalarni sutkasiga 3—4-marta 1—3 min. dan qorni bilan yotqizish tavsiya etiladi. Bu orqa va qorin muskullarini yaxshi mustahkamlaydi.


Lotin alifbosida maqola: CHURRA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Surxon guruhi - Ko’pkari
BOSH MIYA
DABBA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты