CHURRAK

CHURRAK (Anas crecca) — oʻrdaklar oilasiga mansub parranda. Ogʻirligi 200—450 g. Oyoq kafti uzun, biroq barmoqlari qisqa. Narining ustki ggati qoʻngʻir kulrang, qorni oq, baʼzan sargʻish. Koʻkragida qora dumaloq dogʻi bor. Boshi va boʻyni mallaqizgʻish, yonidan qorayashil yoʻl oʻtgan. Modasi qoʻngʻir, malla yoki kulrang xolli. Yozgi tullashdan soʻng narining tusi modasiga oʻxshash boʻlib qoladi. Ch. Gʻarbiy Yevropa, Rossiya, Eron, Shim. Gʻarbiy Mongoliya, Qozogʻiston, Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Suv havzalari kirgʻoqlariga uya quradi; 8—11 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumlarini modasi bosadi. Suvda yashovchi umurtqasiz hayvonlar, oʻsimliklar urugʻi, kurtagi va b. qismlar bilan oziqlanadi. Goʻshti mazali. Katta ovchilik ahamiyatiga ega.


Lotin alifbosida maqola: CHURRAK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
ERON
MONGOLIYA
YER
OSIYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты