CHUSOVITINA Oksana Aleksandrovna

CHUSOVITINA Oksana Aleksandrovna (1975.19.6, Buxoro) — gimnastikachi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (1992), olimpiada oʻyinlari chempioni (1992, Barselona). Ch. Oʻzbekistonda va Jahonda xizmat koʻrsatgan murabbiy Svetlana Kuznetsova rahbarligida 7 yoshidan sport gimnastikasi bilan shugʻullanadi. U Toshkentdagi Respublika olimpiya oʻrinbosarlari bilim yurtini (1994) va Oʻzbekiston jismoniy tarbiya intini (2000) tugatgan. 1989-y. dan Oʻzbekiston jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasida gimnastika boʻyicha sport yoʻriqchisi. Chusovitina Osiyo chempioni (1996, Changjou), 2 karra Osiyo oʻyinlari gʻolibi (2002, Pusan), 3 karra jahon chempioni (1991, Indianapolis — 2 karra; 2003, Anaxaym), jahon kubogi gʻolibi (2002, Shtutgart), 2 karra Yaxshi niyat oʻyinlari gʻolibi (1990, Sietl), koʻplab nufuzli musobaqalarda sovrindor boʻlgan. U 4 ta olimpiada oʻyinlari (1992, 1996, 2000, 2004) da katnashgan dunyodagi yagona gimnastikachi. Chusovitina «Yilning eng yaxshi sportchisi» (2003) deb topilgan.

«Doʻstlik» (1996) va «Mehnat shuhrati» (2000) ordenlari bilan mukofotlangan.


Lotin alifbosida maqola: CHUSOVITINA Oksana Aleksandrovna haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ANDIJON VILOYATI
BUXORO VILOYATI
YAPONIYA
YUSUPOVLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты