CHUST

CHUST — Namangan viloyati Chuyet tumanidagn shahar, tuman markazi. Fargʻona vodiysining shim. chekkasida, togʻ etagidagi tekislikda, Chuyet soyi sohilida, Namangantn 36 km gʻarbda, Chuyet t. y. stansiyasidan 13 km shim. da 1000—1200 m balandlikda joylashgan. Aholisi 63,8 kishi (2004). Ch. Fargʻona vodiysining qad. shaharlaridan biridir. Chustning shim. chekkasidagi Buonamozor (Bibionamozor) manzilgohi hududidan Chucht madaniyatiga oid materiallar topilgan. Chustning yoshi toʻgʻrisida bir qancha taxminlar mavjud. Bibiona manzilgohida 1953, 1957, 1959, 1961-y. larda olib borilgan arxeologik qazilma ishlari natijasida bu yerdagi madaniyat soʻnggi jez va ilk temir davriga mansubligi maʼlum boʻldi. Oʻrta ayerlarda shahar harbiy qalʼa sifatida rivojlandi. Boburning otasi Umarshayx Mirzo 1480-y. da Chustni oʻz qarorgohiga aylantirgan. 16-a. boshida Chust bir necha qoʻrgʻondan iborat boʻlib, ular umumiy devor bilan oʻralgan. 1882-y. da qalʼa devorlari buzib tashlandi. Shahar kengayib, 1886-y. dan Ch. Chuyet uyezdi markazi boʻlgan. Chustga oid dastlabki ilmiy maʼlumotlar sharqshunos olim akad. A. F. Middendorfning «Fargʻona vodiysi ocherklari» da (SanktPeterburg, 1882) uchraydi.

Shahar nomining kelib chiqishi toʻgʻrisida tarixchi, tilshunos va toponimisg olimlarning bir qancha taxminlari mavjud. Tarixiy manbalardan shahar qad. dan Chuyet va Tuye nomlari bilan maʼlum boʻlganligi aniqlangan. Mahalliy tilshunos olimlarning fikricha chuyet soʻzi forschada «tez», «tezkor» maʼnosini bildiradi. Chust kadimdan Fargʻona vodiysining hunarmandchilik markazlaridan biridir. Chustlik temirchilar, toʻquvchilar, sopol buyum ustalari, zargarlarning mahorati shuhrat qozondi, chust pichoqlari va doʻppilarining dongʻi keng tarqaldi. 1912-y. da 6 paxta tozalash, charm zdlari faoliyat koʻrsatgan. 1926-y. dan Chust yangi tashkil qilingan Chuyet tumanining markazi boʻldi. Chustda «Barion», «Paxta tolasi», «Chustmash» va b. aksiyadorlik jamiyatlari, «Suvmash», non zdlari va savdo korxonalari, bosmaxona, koʻzi ojizlar korxonasi, kichik korxona, mikrofirmalar, qurilish, transport korxonalari va b. faoliyat koʻrsatadi.

Umumiy taʼlim maktablari, shu jumladan, gimnaziyainternat maktabi, sanatoriyinternat maktabi, iqtidorli bolalar internat maktabi, 2 bolalar va musiqa sanʼat maktablari, 6 kasb hunar kolleji, 3 bolalar va yoshlar sport maktabi, stadion, tennis korti, suzish havzasi, kutubxonalar va klublar, muzey, madaniyat va istirohat bogʻi, tugʻrukxona, markaziy tuman kasalxonasi va uning boʻlimlari ishlab turibdi.

Chust orqali Fargʻona halqa avtomobil yoʻli oʻtadi va shaharni Namangan, Andijon, Pop, Fargʻona, Kosonsoy, Gʻova, Varziq, Olmos, Axcha va b. aholi punktlari bilan bogʻlaydi.

Murodilla Haydarov.


Lotin alifbosida maqola: CHUST haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ? degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
FRANSIYA
NAMANGAN VILOYATI
TOSHKENT VILOYATI


Добавить комментарий