CHUST MADANIYATI

CHUST MADANIYATI — Fargʻona vodiysidagi koʻhna dehqonchilik madaniyati (mil. av. 2ming yillik oxirgi choragi — 1ming yillik boshlari). Dehqonlar suv boʻyidagi unumdor yerlarni oʻzlashtirilishiga qarab alohida voha yoki guruh tarzida joylashganlar. Chust madaniyati yodgorliklari, asosan, Fargʻona vodiysining shim. sharqiy tumanlarida uchraydi, ularning soni hoz. 80 dan ortiq. Bu madaniyatga taallukli 1yodgorlik 1950-y. toshkentlik arxeologlar M. E. Vorones va V. I. Sprishevskiylar tomonidan hoz. Chust sh. yaqinidan topilgan. Madaniyat nomi shundan (mahalliy aholi Buonamozor deb ataydi). 1953— 61 ylarda V. I. Sprishevskiy Chust madaniyatida muntazam arxeologik tekshirish ishlari olib borgan. Chust madaniyatini keyingi oʻrganilishida SanktPeterburglik olim Yu. A. Zadneprovskiyning xizmatlari katta boʻlgan. Chust madaniyatining ayrim yodgorliklarida (Dalvarzin, Chuyet) mudofaa inshootlari oʻrganilgan. Andijon viloyati, Jalaquduq tumanidagi Dalvarzin vodiysidagi ilk shahar va oʻziga xos markaz boʻlgani (mil. av. 12 — 7-a. lar) arxeologik jihatdan isbot etilgan.

Hoz. kunda Chust madaniyatida 3 xil turdagi yashash joylari kavlangan:

1) chaylaga oʻxshash yengil uylar;

2) yertoʻlalar;

3) gʻishtpaxsadan qilingan uylar. Chust madaniyati sohiblari, asosan, ilk sugʻorma dehqonchilik (arpa, bugʻdoy, tariq), chorvachilik, metall (jez)ga ishlov berish, kulolchilik, toʻqimachilik bilan shugʻullanganlar; ovchilik, baliq ovlash ham xoʻjalikda muhim rol oʻynagan. Bunga arxeologik yodgorliklarni qazish paytida topilgan jez pichoqlar, bigizlar, metallga ishlov berishda ishlatilgan tosh qoliplar, toʻqimachilikda qoʻllanilgan suyakdan yasalgan taroqsimon asboblar hamda minglab sopol idishlar guvoxlik bermoqda. Uyroʻzgʻor buyumlari ichida, ayniqsa, naqshindor sopol idishlar ajralib turadi. Naqshlar, asosan, geometrik shaklda qora, jigarrang boʻyoq bilan idish sirtiga berilgan. Ayrim hollarda hayvon tasvirlari (echki) ham uchraydi. Chust madaniyati aholisi marhumlarni oʻzlari yashab turgan joyga (uy ichiga va ostonalarga) dafn etishgan. Alohida ajratilgan qabristonlar boʻlmagan. Marhumlarni yakka va koʻpchilik qilib gʻujanak holda yon tomon bilan koʻmganlar. Faqat Dalvarzintepada odam suyagi va kallasi alohida, ikkilamchi bor koʻmilgani qayd etilgan. Bulardan tashqari, uy hayvonlari ham baʼzida odam suyaklari bilan birga koʻmilgan. Hozirda Chust madaniyatining oʻziga xos mahalliy xususiyatlari va qoʻshni hududlar [Toshkent vohasidagi Burgʻuluq (Burganli)] madaniyati, Jan. Uzbekistonning Kuchuktepa madaniyati bilan aloqalari (B. X. Matboboyev) oʻrganilmoqda.

Ad.: Matboboyev B. X., Lokalnыye variantы Chustskoy kulturы Ferganы, L., 1985; Vaynberg B. I., Staviskiy B. Ya., Istoriya i kultura Sredney Azii v drevnosti, M., 1994.

Boqijon Matboboyev.


Lotin alifbosida maqola: CHUST MADANIYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ANDIJON VILOYATI
XITOY
ROSSIYA
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты