CHUST-POP ADIRLARI

CHUST-POP ADIRLARI — Fargʻona vodiysidagi adirlar. Fargʻona botigʻining shim. da. Gʻarbda Xonobod qishlogʻidan boshlanib sharqda Chuyet sh. yaqinida tugaydi. Shim. da OlmosVarzik adirorti botigʻi, jan. da Chodaksoy, Gʻovasoy, Chustsoy va b. yoyilma konuslarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan Sirdaryoga nishab tekisliklar va Sirdaryo terrasasi bilan chegaralangan. Adirlar gʻarbdan sharqqa 38 km ga choʻzilgan. Eni 4—5 km. Balandligi gʻarbiy qismda 939 m gacha, sharqida 855 m gacha. Qurama va Chatqol tizmalaridan boshlanuvchi daryolar (Olmos, Morguzar, Tuzli, Murildi, Jida) adirlarni kesib oʻtgan. Antiklinal tuzilishga ega, neogenquyi toʻrtlamchi davrlarning gil, alevrolit, konglomerat, lyosslaridan tashkil topgan. Qishi moʻtadil, yozi issiq, yogʻingarchilik kam. Boʻz tuproqlar tarqalgan, asosan, efemer va efemeroidlar oʻsadi. Ancha qismi suv chiqarilib oʻzlashtirilgan.


Lotin alifbosida maqola: CHUST-POP ADIRLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SIRDARYO
YER
SHIMOLIY AMERIKA
NAMANGAN VILOYATI
TYANOʻPAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты