CHUCHMOMADOSHLAR

CHUCHMOMADOSHLAR — piyozboshli va ildizpoyali, hasharotlar yordamida changlanuvchi koʻp yillik oʻtlardan iborat turkumlarni oʻz ichiga olgan oila. Gullari ikki jinsli, toʻgʻri yoki sal qiyshiq. Gulqoʻrgʻoni ikki doyra hosil qilib oʻrnashgan. Mevasi koʻsakcha. Oilaning, asosan, tropik va subtropik oʻlkalarda tarqalgan 90 turkumi (1000 turi) mavjud. Shundan Oʻzbekistonda 4 turkumi (8 turi) usadi. Chuchmomadoshlarning barcha vakillari manzarali (istirohat bogʻlari, xonadonlar va oranjereyalarda oʻstiriladi). Dorivor turlari (maye., omonqora) ham bor.


Lotin alifbosida maqola: CHUCHMOMADOSHLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
XITOY
KATTA OILA
DORIVOR OʻSIMLIKLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты