CHUYUT

CHUYUT, chuit, chiyit, chilchui t — oʻzbek urugʻlaridan biri. Qashqadaryoda, kenagaslar tarkibida yashashgan. 1924-y. gi maʼlumotga koʻra, Chuyut larning soni 45 ming kishi bulgan. Chuyut larning kenagaslar tarkibidagi kichik guruhlari Zarafshon (Karmana) va Fargʻona vodiylarida ham tirikchilik qilishgan. Chuyutlar uyshun qabilasi tarkibiga ham kirgan. Chuyut, chuit, chilchuit nomlari Chuyut larning mazkur hududlarda yashab, mahalliy aholi bilan qoʻshilib ketganligini koʻrsatadi.



TOSHKENT
OʻZBEKLAR
QASHQADARYO VILOYATI
KARMANA
XITOY


Добавить комментарий