CHUHRA — Temuriylar, Shayboniylar davrida hukmdor saroyida xizmat qiluvchi xos maxram. Chuhra lardan saroy qoʻriqchilari, yaʼni hukmdorning shaxsiy gvardiyasi tashkil qilingan. Chuhra likka aslzoda, zodagon va yuqori tabaqa farzandlari jalb etilgan. Boburnint taʼkidlashicha, Abu Sayd Mirzo saroyida 100 ta Chuhra xizmat kilgan, ularning 50 tasi Xuroson Ch. tobini, qolgan 50 tasi esa Samarkand Ch. tobini deb yuritilgan. Chuhralar, tabiiyki, hukmdor hokimiyatini asrash, unga sodiq qolish ruhida tarbiyalangan. Asosan, hukmdor qarorgohini qoʻriqlash uchun xizmatga jalb etilgan. Chuhra zarur vaziyatlarda harbiy harakatlarda ham qatnashgan. Chuhralar xizmat chogʻida bevosita chuhra oqosi hamda chuhraboshiga boʻysungan.