CHOʻGARI

CHOʻGARI, Choʻkari, Buxarka 944 — ertapishar mahalliy qovun navi (hoz. Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik intida K. I. Pangalo, M. K. Goldgauzenlar tomonidan yaxshilangan xiliga Buxarka 944 nomi berilgan). Mevasi yumaloq, baʼzan choʻzinchoqroq, oʻrtacha kattalikda, vazni 36 kg, uz. 2026 sm, tuyey och shvi sariq, yuzasi notekis, sal burishgan, toʻrsiz. Toʻni katta sariq yoki mallarang dogʻlar bilan qoplangan. Poʻsti yumshoq, eti oq, qalinligi 5—5,5 sm, sershira, sersuv, yumshoq, ogʻizda eriydi. Tarkibida qand mikdori 12,5%. Urugʻi yirik tuxumsimon, sariq. Niholi unib chiqqanidan keyin hosili 75—85 kunda pishadi. Hosildorligi 250—300 s/ga. 1943-y. da davlat reyestriga kiritilgan. Toshkent viloyatida koʻproq ekiladi. Tuproq shoʻrligi va oqpalak kasalligiga chidamli.


Lotin alifbosida maqola: CHOʻGARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
QOVUN
TOSHKENT VILOYATI
ASATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты