CHOʻKINDI KONLAR

CHOʻKINDI KONLAR — suv havzalari tubida choʻkindi yigʻilishi jarayonida shakllanuvchi foydali qazilma yotqiziqlari. Ular daryo, botqoq, koʻl, dengiz va okeanlarda hosil boʻlib, dengiz va okeanlardagilari platforma va geosinklinal Ch. k. iga ajratiladi. Dengizda hosil boʻlgan Choʻkindi konlar katta oʻlchamli boʻlib, oʻnlab km ga, katlam svitalari esa yuzlab km ga choʻziladi. Choʻkindi konlar mexanik (qum, tuproq va b.), kimyoviy (tuz, temir va marganes rudasi va b.) va biokimyoviy (neft, kumir va b.) larga ajratiladi. Choʻkindi jinslar va ular bilan bogʻliq boʻlgan Choʻkindi konlarning shakllanishi litogenezning 3 bosqichi: sedimentogenez, diagenez va katagenez orqali boʻladi. Choʻkindi konlar togʻ jinslariga muvofiq yotadi va qatlam yoki tekislik linzalar shaklida boʻladi. Baʼzan metamorfizm va tektonik harakatlar oqibatida ular oʻz shaklini oʻzgartirib, murakkabroq qiyofa hosil qiladi. Choʻkindi konlar dagi minerallarning tarkibi minerallarning 3 guruhi bilan aniqlanadi: 1. Chaqiq minerallar (kvars, rutil, baʼzan dala shpatlari, piroksenlar, amfibollar, slyudalar va b.), ular nurash jarayoniga chidamli boʻladi; 2. Kimyoviy nurash mahsulotlari (kaolinit, montmorillonit, suvli slyudalar, opal va b.); 3. Yangi chukindi hosilalar (karbonatlar, tuzlar, fosfatlar, ruda minerallari, kremniyli mahsulotlar va b.). Ch. k. yirik sanoat ahamiyatiga ega boʻlib, ularga hamma yonuvchi qazilmalar (neft, gaz, kumir, yonuvchi slaneslar), temir, marganes, alyuminiy rudalarining ayrim turlari hamda rangli va nodir metallar (U, Si, V va b.) konlari kiradi. Choʻkindi konlar orasida qurilish materiallari (shagʻal, qum, gil, slanes, ohaktosh, boʻr, dolomit, mergel, gips, yashma, trepel), qazilma tuzlar, fosforitlarning koʻpgina konlari maʼlum.


Lotin alifbosida maqola: CHOʻKINDI KONLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OKEAN
GEOSINKLINAL
TOGʻ JINSLARINING BURMALANISHI
NEFT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты