CHOʻKINDI TOF JINSLARI

CHOʻKINDI TOF JINSLARI — moddaning suvda choʻkishi yoki havodan tushishidan hamda quruqlik yuzasi, dengiz okean havzalaridagi muzlar faoliyati natijasida hosil boʻladigan tof jinslari. Choʻkish mexanik (ogʻirlik kuchi taʼsiri va muhit dinamikasining oʻzgarishidan), kimyoviy (suvli eritmaning toʻyinish konsentratsiyasiga yetishidan va almashinuv reaksiyalari natijasida) hamda biogen yoʻl bilan (organizmlar hayot faoliyati bilan bogʻliq) sodir boʻladi. Choʻkindi tof jinslari choʻkish xarakteriga koʻra, chaqiq, kimyoviy va biogen jinslarga boʻlinadi. Choʻkindi tof jinslarini hosil qiladigan asosiy manbalar: Yer poʻstini tashkil qilgan magmatik, metamorfik va qad. chukindi jinslar; tabiiy suvlarda erigan komponentlar; atmosfera gazlari; organizmlarning hayot faoliyati jarayonida hosil boʻladigan mahsulotlar; vulkanogen materiallardan iborat. Hoz. zamon okean choʻkindilari va qad. choʻkindi jinslarda kosmik material va organik qoldiqlar ham uchraydi. Baʼzi Choʻkindi tof jinslari (ohaktosh, kumir, diatomit va b.) butkul organik qoldiqlardan tarkib topgan. Zarra (donalar)ning oʻlchami, ularning shakli va uzaro birikmalari Choʻkindi tof jinslari struktururasini belgilaydi (q. Togʻ jinslari gpuzilshii). Choʻkindi tof jinslari shakli va hajmi turlicha boʻlgan qatlam, linza va b. shakllardagi geologik jismlar hosil kilib, Yer pustila normalgorizontal, qiya yoki murakkab burmalar tarzida yotadi. Ushbu jismlarning ichki tuzilishi (donalarzarralarning uzaro joylashuvi va yunalishi bilan bogʻliq) va boʻshliqni qay yoʻsinda toʻldirishi Choʻkindi tof jinslari te ketu ras i deyiladi. Choʻkindi tof jinslari kuyidagicha hosil boʻladi: tub togʻ jinslarining yemirilishidan paydo bulgan dastlabki mahsulot suv, shamol, muzliklar bilan koʻchib, quruqlik yuzasi va suv havzalariga choʻkadi. Natijada turli xil komponentlardan tuzilgan bush va gʻovak, suvga toʻyingan choʻkindi hosil buladi. Bu chukindi murakkab va xilmaxil fizikkimyoviy (qisman biologik) sistemadan iborat boʻlib, vaqg oʻtishi bilan astasekin chukindi jinsga aylanadi (q. Litogenez). Ch. t. j. ning tasnifi ularning tarkibi va genezisiga koʻra 10 dan ortiq guruxga ajratiladi: chaqiq jinslar, gillar, glaukonitli, glinozyomli, temirli, marganesli, fosfatli, kremniyli, karbonatli jinslar, tuzlar, kaustobiolitlar va b. Asosiy guruxlardan tashqari aralash tarkibli jinslar ham bor. Ch. t. j. kimyoviy tarkibiga kura magmatik jinslardan farqlanadi: jins hosil qiluvchi komponentlar tarkibi turlicha buladi; tarkibida suv, karbonat kislota, organik uglerod, kalsiy, oltingugurt, galoidlar kup buladi; temir oksidi bilan temir (II) oksidi nisbati katta. Choʻkindi tof jinslaridan gil (gil, argillit, gilli slaneslar — 50% ga yaqin), qumtosh (qum va qumtoshlar) va karbonatli jinslar (ohaktoshlar, dolomitlar 45% cha) keng tarqalgan. Yer yuzasida Choʻkindi tof jinslarining hosil bulishi va joylashuvi iklim va tektonik sharoitlar bilan aniklanadi. Geosinklinallarda Choʻkindi tof jinslarining katta qatlamlari yigʻiladi, platformalarda esa, aksincha ularning qalinligi kam buladi. Choʻkindi tof jinslari Yer pusti massasining 10% ni tashkil qilib, Yer yuzasining 75% ni qoplaydi. Quruqlikdagi Choʻkindi tof jinslarining 75% geosinklinal oblastlarda boʻlib, 25% platformalarga toʻgʻri keladi. Yer qaʼridan olinadigan jami foydali qazilmalar (kumir, neft, tuzlar, temir, marganes va alyuminiy rudalari, oltin va platina sochmalari, olmos, fosforitlar, qurilish materiallari va b.)ning 75% Ch. t. j. ga tugʻri keladi.


Lotin alifbosida maqola: CHOʻKINDI TOF JINSLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HAYOTNING PAYDO BOʻLISHI
CHAQIQ JINSLAR
ATMOSFERA
DENGIZ YOTQIZIQLARI
BIOLOGIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты