CHOʻL

CHOʻL — oʻsimlik dunyosining yaxshi rivojlanishiga yoʻl bermaydigan doimiy quruq va issiq iqlimli oʻlkalardagi biom tipi. Yer qurukdik qismining 20% dan ortigʻini egallaydi. Tuprogʻi va yer yuzasini qoplagan yotqiziqlariga koʻra quyidagi Choʻllar ajratiladi: qad. allyuvial tekisliklarning gʻovak jinslari ustidagi — qumli Choʻl, gipsli plato va togʻ oldi tekisliklaridagi shagʻalli va qumshagʻalli Choʻl, gipsli plato va togʻ oldi tekisliklaridagi chagʻir shagʻalli gipsli Choʻl, pasttogʻ va tepaliklardagi toshloq Ch., kam karbonatli qumoq tuproqlar ustidagi qumoq Choʻl, togʻ etagi tekisliklaridagi lyossli Choʻl, togʻ etaklaridagi tekisliklar va daryolarning qad. deltalari urnidagi gilli taqir Ch., shoʻr mergel va gil jinslardan tuzilgan past togʻlardagi gilli baland Choʻl, dengiz sohillari va shoʻrxok depressiyalardagi shoʻrxok Choʻl lar. Choʻlning oʻsimlik turlari oʻziga xos. Ular qad. tur hosil boʻlish markazlaridan. Bu yerlarda kaynozoygacha boʻlgan endemiklar koʻp tarqalgan. Oʻsimlik turlari Choʻllar yer yuzasining tuzilishi, tuproq tarkibi, namgarchilik miqdoriga bogʻliq. Turli qitʼalardagi Choʻl oʻsimliklarining tarqalishida oʻxshashlik xususiyatlari ham bor; barcha yerda oʻsimlik siyrak, turi kam, katta maydonlarda bir xil oʻsimliklar oʻsadi. Moʻtadil mintaqalarning materik ichkarisidagi Choʻl larida sklerofil tipdagi oʻsimliklar, jumladan, bargsiz buta koʻp. Ular orasida efemer va efemeroidlar muhim oʻrinni egallaydi. Subtropik va tropik mintaqalarning materik ichkarisidagi Choʻl larida kserofil butalar va koʻp yillik oʻt koʻp. Qumli Choʻl larning oʻsimlik dunyosi bir qadar boy, qumshagʻalli Choʻl larda esa oʻsimlik kam boʻladi. Shoʻr qatqaloq bosgan Choʻl larda oʻsimlik umuman oʻsmaydi. Subtropik Choʻl larning oʻsimlik dunyosi ancha boy. Bu yerlarda pakana akatsiya va evkalipt lar oʻsadi, shagʻal aralash chagʻir toshli Choʻl larda shoʻra va shoʻradoshlar uchraydi. Okean sohillaridagi subtropik va tropik Choʻl larda sukkulent tipidagi oʻsimlik koʻp. Osiyoning moʻtadil mintaqa choʻllaridagi daryo vodiylarida barg toʻkuvchi daraxtlar — turangʻil, terak, tol, jiyda, subtropik va tropik mintaqalardagi daryo vodiylarida doim yashil oʻsimliklar — palma va tolgullar oʻsadi (yana q. Choʻl zonalari).

Potihkamol Gʻulomov.


Lotin alifbosida maqola: CHOʻL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
SHIMOLIY AMERIKA
XITOY
OKEAN
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты