CHOʻL CHIGIRTKASI

CHOʻL CHIGIRTKASI, shistotserka (Schistocerca gregaria L.) — toʻgʻriqanotlilar turkumiga mansub hasharot. Q. x. ekinlari uchun xavfli hammaxoʻr zararkunanda. Shim. Afrika, Gʻarbiy va Jan. Osiyo mamlakatlarida (Hindistonda ham) tarqalgan. Koʻplab urchigan yillari Oʻrta Osiyoga Afgʻonistondan uchib oʻtishi mumkin. Tana uz. 46 — 61 mm. Yakka va gala boʻlib yashovchi shakllari mavjud. Gala boʻlib yashovchi Choʻl chigirtkasining jinsiy yetilmagani pushti, yetilgani sariq (qora nuqtalari ham bor), yakka yashovchi Choʻl chigirtkasining lichinkalari sargʻish yoki och yashil rangda boʻladi. Bir yilda 2—3 avlod beradi. 1si jan. da kuzqish davrida rivojlanadi va voyaga yetgandan soʻng shimolga qarab ucha boshlaydi. Shim. rayonlarda yosh chigirtka voyaga yetadi va 2(bahorgi—yozgi) avlodni boshlab beradi. Bu avlodning rivojlanishi esa jan. da tutaydi. Janub Ch. ch. tuproqqa tuxum qoʻyadi. Lichinkalari 10—20 sutka utgach, chiqa boshlaydi; ularning rivojlanishi 30—50 kun davom etadi. Yogʻingarchilik boshlanishi bilan chigirtkalar soni keskin kupayadi va areali ham vaqtincha kengayadi. Choʻl chigirtkasining oʻrtachahar 10 — 12 y. da bir marta koʻplab urchishi aniqlangan. Bu holat zararkunandaning doimiy rivojlanadigan makonlaridagi yogʻingarchilik bilan bogʻliq. Choʻl chigirtkasining zarari baʼzi yillari tabiiy ofat darajasiga yetadi.

Kurash choralari: zaharli xoʻraklar sochiladi, oʻsimliklarga insektitsidlar sepiladi, shuningdek, Choʻl chigirtkasi yashaydigan makonlarida yoʻqotiladi (yana q. Chigirtka).


Lotin alifbosida maqola: CHOʻL CHIGIRTKASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OSIYO
YER
HINDISTON
XITOY
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты