CHOʻLBAIR TOGʻLARI

CHOʻLBAIR TOGʻLARI — Surxondaryo viloyatidagi togʻlar. Hisor togʻ tizmasining jan. gʻarbiy tarmoklaridan biri. Surxondaryoning ung irmoklari Holxanjar va Toʻpolondaryo orasida joylashgan. Jan. gʻarbdan shim. sharqqa 60 km dan ziyod masofaga choʻzilgan. Bal. 1500—2500 m. Eng baland joyi 3812 m. Yon bagʻirlari asimmetrik tuzilishga ega. Jan. sharkiy yon bagʻirlari ancha tik (1500 m gacha). Koʻplab daryo tarmoqlari bilan kesilgan. Choʻlbair togʻlari antiklinal tuzilishga ega, asosan, toshkoʻmir, perm, boʻr, paleogen, neogen davri choʻkindi togʻ jinslaridan tashkil topgan. Iqlimi kontinental. Yogʻin shim. sharqiy qismida 800 mm dan ziyod. Yon bagʻirlaridagi boʻz, jigarrang, qoʻngʻir tuproklarda bugʻdoydoshlar, turli butalar oʻsadi, archazorlar, yongʻoqzorlar bor. Hududidan yaylov sifatida foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: CHOʻLBAIR TOGʻLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



POMIR
YER
XITOY
SURXONDARYO VILOYATI
TYANOʻPAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты