CHOʻLI IROQ

«CHOʻLI IROQ» — Iroq maqomi bosh kuy mavzui asosida yaratilgan yirik shakldagi mumtoz cholgʻu asar. U gʻamgin, qaygʻuli ruhiy holatni ifoda etgani bilan teran falsafiy maʼno va mazmunga ega. «Choʻli Iroq» saraxbor usulining tezlashtirilgan variantiga bogʻlangan. Kuy tuzilishida cholgʻu qismlarga xos bozgoʻylar uchrasada, asosan, maqom shoʻbalaridek murakkab kuy tuzilmalaridan tarkib topgan. «Choʻli Iroq»ning shakli daromad, 2 ta miyonxat, avjida Muxayyari Chorgoh namudi ishlatilishidan iborat. Asar yakkanavozlikda koʻproq nay, gʻijjak, tanbur, sato, dutor, qoʻshnay singari cholgʻularda, shuningdek, turli xil ansambllarda ijro etiladi. Oʻzbekiston bastakorlari va kompozitorlari oʻz asarlarida «Choʻli Iroq» kuy va ohanglaridan unumli foydalanishgan. Shu jumladan, I. Ikromov uning ashula yoʻlini Navoiy gʻazaliga bogʻlab tuzgan, D. Soatqulov oʻzbek xalq cholgʻulari orkestri uchun moslashtirib qayta ishlagan.


Lotin alifbosida maqola: CHOʻLI IROQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
SHASHMAQOM
TOSHKENT
RAJABIYLAR
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты