CHOʻLPON NOMIDAGI NASHRIYOTMATBAA IJODIY UYI

CHOʻLPON NOMIDAGI NASHRIYOTMATBAA IJODIY UYI — Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi tizimiga kiradi. 2004-y. iyunda «Choʻlpon» nashriyoti (1986-y. dan faoliyat koʻrsatgan), «Ijod dunyosi» (2000-y. dan faoliyat koʻrsatgan) nashriyot uyi hamda bosmaxona birlashtirilib, ularning vorisi sifatida Choʻlpon nomidagi nashriyotmatbaa ijodiy uyi tashkil etilgan. Asosiy faoliyat yoʻnalishi quyidagilardan iborat: bolalar va oʻsmirlar uchun turli badiiyadabiy, sanʼat asarlari, ilmiyommabop, ijtimoiysiyosiy adabiyotlar nashr etish; yoshlarni mumtoz va hoz. zamon oʻzbek adabiyoti, jahon adabiyoti va sanʼati durdonalari bilan tanishtirish; oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimi, umumtaʼlim maktablari uchun darslik va oʻquvuslubiy qoʻllanmalar chop etish.

Mustaqil respublikamiz yosh avlodini milliy va umumbashariy qadriyatlarga sodiq holda barkamol inson qilib tarbiyalashga hissa qoʻshish Ch. n. n. m. i. u. ning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Choʻlpon nomidagi nashriyotmatbaa ijodiy uyi 2004-y. da 212 nomda 3200 ming nusxada kitob nashr etdi.


Lotin alifbosida maqola: CHOʻLPON NOMIDAGI NASHRIYOTMATBAA IJODIY UYI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ? degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
TOSHKENT
ROSSIYA
NOSHIRLIK
HINDISTON


Добавить комментарий