CHOʻPONZODA

CHOʻPONZODA (taxallusi; asl ismsharifi Bekir Vagap oʻgʻli) [1893.15(27).5, Simferopol uyezdi Argʻun qishlogʻi — 1937.13.10, Boku] — krim-tatar shoiri, adabiyotshunos, turkiyshunos. Choʻponzodaning adabiy faoliyati 1913-y. da «Onang qayda?» dostoni bilan boshlangan. Uning Turkiya, Vengriya, Krim va Kavkazda yozgan sheʼrlari «Boʻron» (1928) toʻplamidan oʻrin olgan. Choʻponzodaning keyingi faoliyati ilmiy yoʻnalish kasb etib, u turkiy xalqlar tili, folklori va yozma adabiyoti masalalariga bagʻishlangan ilmiy asarlar yozgan. U yangi turk alifbosi Bugunittifoq markaziy qoʻmitasiga (1927—29) va Ozarbayjon Xalq maorif komissarligi huzuridagi terminologiya qoʻmitasiga (1929-y. dan) rahbarlik kilgan. Choʻponzoda 1936-y. yozida Ozarbayjonning qishloq joylariga borib, soʻnggi marta dialektologiya va folklorga oid boy materiallar toʻplagan. Choʻponzoda 1926—28 y. larda Oʻzbekistonga bir necha marta kelgan va oʻzbek folklorshunos, tilshunos, adabiyotshunos olimlari bilan yaqin ijodiy aloqada boʻlgan. 1937-y. 28 yanv. da Kislovodovskdagi sanatoriyda davolanayotgan paytida qamoqqa olingan va Bokuga olib kelinib, «xalq dushmani» sifatida otib tashlangan. Choʻponzoda 1957-y. 12 okt. da SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasi tomonidan oqlangan.


Lotin alifbosida maqola: CHOʻPONZODA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
CHOʻLPON
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
ADABIYOTSHUNOSLIK
BERUNIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты