CHOʻCHQA, xonaki choʻchqa — haqiqiy choʻchqasimonlar turkumi (Sus)ra mansub juft tuyoqli hayvon. Xonaki Choʻchqalar Yevropa, Oʻrta dengiz va Osiyo toʻngʻizlarinint kenja turi (Sus scrofa)fl aH kelib chiqqan. Yevropa va Osiyo guruhlariga boʻlinadi. Mil. av. 5—4-a. larda xonakilaщtirilgan. Ozuqa sharoiti, parvarish hamda uzoq va maqsadli seleksiya natijasida jahonda 100 dan ortiq Choʻchqa zotlari chiqarilgan. Eng koʻp boqiladigan zotlar — yirik oq, landras, yirik qora, dyurok, Shim. Kavkaz, Ukraina dasht oq choʻchqasi va b. Ch. ning tana tuzilishi qoʻpol, tumshugʻi uzun, uchida harakatlanuvchi xartumi bor. Oyoqlari toʻrt barmoqli, yelini ikki tizimda joylashgan, 14 soʻrgʻichli; tanasi siyrak dagʻal qil bilan qoplangan. Erkagining vazni 250—300 kg, urgʻochisi 200— 220 kg ga boradi. Choʻchqa chorva hayvonlari ichida eng tez yetiluvchi va sermahsul hisoblanadi, 4 — 5 oyligida jinsiy yetiladi, 9—10 oyligida qochiriladi. Boʻgʻozlik davri 102—128 kun, yiliga 2-marta bolalaydi va har bolalashida 10 va undan ortiq bola beradi. Choʻchqa bolasining tirik vazni tugʻilganida 1,2 —2 kg, ikki oyligida 16—20 kg, 6—7 oyligida 90—110 kg, 12 oyligida 200 kg tosh bosadi. Bir ona Choʻchqadan bir yilda 20 — 22 bola olish va uni boqish mumkin. Boqilgan Choʻchqaning soʻyim goʻsht chi bola olish va uni boqish mumkin. Boqilgan Choʻchqaning soʻyim goʻsht chiqimi 70—85% ni tashkil etadi. I. ch. da ona choʻchqalar 5—6 y., erkak choʻchqalar 7 y. foydalaniladi. Choʻchqalar tabiiy va sunʼiy usulda qochiriladi. Bir erkak Choʻchqa urugʻi bilan 100 dan koʻproq ona choʻchqalarni sunʼiy urugʻlantirish mumkin. Choʻchqalarni goʻsht uchun (bekon), goʻshtyogʻ uchun va yogʻ uchun boqish usullari mavjud. Choʻchqa goʻshti va yogʻidan turli oziq-ovqat mahsulotlari (bekon, vetchina, kolbasa, dudlangan goʻsht, rulet, koreyka, shpik va b.) tayyorlanadi. Ishlab chikarishda Choʻchqa terisidan oyoq kiyimi, egarjabduklar va b. narsalar tayyorlashda foydalaniladi. Dunyoning hamma mamlakatlarida, yirik fermalar va xonadon xoʻjaliklarida boqiladi (q. Choʻchkachilik).